Jamiyat

Bojxona qoʻmitasi Toshkent aeroportida tasvirga olingan videolavha boʻyicha munosabat bildirdi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bojxonachilarga eʼtiroz bildirgan fuqarolarning 29 nafari havo yoʻllari orqali koʻp marotaba harakatlanuvchi yoʻlovchilarni tashkil qilgan. Xususan, 2018 yil oʻtgan 8 oyida ular Turkiyaga 9 marotabadan 32 marotabagacha borib kelishgan.

TOSHKENT, 17 sen – Sputnik. Davlat bojxona qoʻmitasi Toshkent aeroportida tasvirga olinib, tarqatilgan videolavha boʻyicha munosabat bildirdi.

Muratjon Azimov - Predsedatel GTK - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Tadbirkorlarga qanday qulayliklar joriy etildi – bojxona qoʻmitasi raisi javobi

Xabarda aytilishicha, 2018 yil 9 sentyabr kuni soat 01:10 da “Toshkent” xalqaro aeroporti umumiy uchib kelish zalida “Istambul-Toshkent” reysi bilan uchib kelgan yoʻlovchilar bagajlarini qabul qilib, bojxona nazoratidan oʻta boshlaganlar. Bu jarayonda bir qator yoʻlovchilarda bojsiz olib kirish meʼyorlaridan ortiqcha tovarlar aniqlanib, bojxona koʻrigi dalolatnomalari rasmiylashtirilgan.

Yoʻlovchilarga tegishli yuklarning rasmiylashtirilayotganini koʻrgan ayrim yoʻlovchilar esa bagajlarini qabul qilib olganlaridan soʻng bojxona nazoratidan oʻtishni paysalga solishgan va zaldagi bagaj lentalari atrofida toʻplanib olishgan.

“Ammo, ushbu xatti-harakatlari bilan oʻzlari kutgan natijaga erisha olishmagach, yoʻlovchilar bojxona xodimlarining qonuniy talablariga rioya qilmay, tartibsizliklar keltirib chiqarish va vaziyatni keskinlashtirish yoʻli bilan boʻlsa-da, yuklarini bojxona nazoratisiz olib chiqishga urinishlar sodir etishgan va ushbu holatni oʻzlari tasvirga ham olishgan”, - deyilgan bojxona qoʻmitasi xabarida.

DBQ maʼlum qilishicha, “Toshkent-Aero” bojxona kompleksi rahbariyati va mutasaddi xodimlarining yoʻlovchilar bilan olib borgan tushuntirish ishlaridan soʻng uchib kelish zalida tartib oʻrnatilgan va yoʻlovchilar birma-bir bojxona nazoratidan oʻtkazilgan.

Natijada, tijorat maqsadida tovarlar olib kelgan shaxslarga nisbatan 29 ta bojxona koʻrigi dalolatnomasi rasmiylashtirilib, bojsiz olib kirish meʼyorlaridan ortiqcha jami 1174,7 kg ogʻirlikdagi turli xil kiyim kechaklar va 225 gr. zargarlik buyumlari dalolatnoma tuzilib, bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun vaqtincha saqlovga olingan.

Misol uchun, shu kuni “Istambul-Toshkent” reysi bilan uchib kelgan fuqaro M.M. oʻzi bilan belgilangan meʼyorlardan ortiqcha boʻlgan 84 dona shim, 970 dona ayollar roʻmollari, 12 dona bolalar sviteri hamda 62,5 gramm zargarlik buyumlarini  bojxona toʻlovlarini toʻlashdan boʻyin tovlagan holda Oʻzbekistonga olib kirishga uringan.

Ushbu voqeada amaldagi tartiblarga buysunmay, bojxona xodimlariga asossiz eʼtiroz bildirgan fuqarolarning 29 nafari havo yoʻllari orqali koʻp marotaba harakatlanuvchi yoʻlovchilarni tashkil qilgan. Xususan, 2018 yilning oʻtgan 8 oyi davomida ular Turkiyaga 9 marotabadan 32 marotabagacha borib kelishgan.

Zdaniye Generalnoy prokuraturы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Prokuratura bojxona organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishlarini qoʻzgʻatdi

“Amaldagi tartiblarga koʻra, xalqaro aeroportlar orqali kirib kelayotgan jismoniy shaxslar 2000 AQSH dollari miqdoridagi tovarlarni bojsiz olib kirishlari mumkin. Lekin, bu istalgan tovarni istalgan miqdorda olib kirish mumkinligini anglatmaydi.

Chunki, jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarning qanday maqsadga moʻljallanganligini aniqlashda tovarlarning miqdori hisobga olinadi va bunda tovarlarni olib oʻtayotgan jismoniy shaxs va uning oila aʼzolari ehtiyojlaridan ortiq miqdordagi bir turdagi tovarlar uchun tegishli bojxona toʻlovlari undiriladi”, - deyilgan bojxona qoʻmitasi xabarida.

Bojxona qoʻmitasi xabarida qayd etilishicha, havo yoʻllari orqali koʻp marotaba harakatlangan bu yoʻlovchilar tijorat maqsadida olib kelgan tovarlari uchun bojxona toʻlovlarini toʻlashdan boʻyin tovlash maqsadida asossiz ravishda bojxona xodimlariga eʼtiroz bildirishgan.

Yangiliklar lentasi
0