Dunyoda

Qozogʻiston Kaspiyda AQSH harbiy bazasi joylashtirilishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

© Sputnik / Maks Alpert / Fotobankka oʻtishKaspiyskoye more.
Kaspiyskoye more. - Sputnik Oʻzbekiston
Qozogʻiston parlamentida Afgʻonistonga AQShning maxsus yuklarini tijorat tranzitini taʼminlash toʻgʻrisida qonun loyihasini maʼqullangan.

TOSHKENT, 17 sen – Sputnik. Qozogʻiston hukumatida AQSH qurolli kuchlarini Kaspiy dengizida joylashtirilishi haqida mish-mishlarni rad etdi. Sputnik Qozogʻiston xabariga asosan.

BAKU - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Kaspiyda hech qachon xorijiy harbiy bazalar joylashtirilmaydi

Axborot va kommunikatsiya vazirligi rahbari Dauren Abayev taʼkidlashicha, Qozogʻistonda xorijiy harbiy bazalar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.  

Abayev mintaqada AQSH harbiylarini paydo boʻlishi haqidagi xabar feyk ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

2018 yil aprelda Qozogʻiston parlamenti senat deputatlari Afgʻonistonga AQShning maxsus yuklarini tijorat tranzitini taʼminlash toʻgʻrisida qonun loyihasini maʼqullashgandi.

Unda Kaspiydagi Qozogʻistonning Aktau va Kurik portlari Afgʻonistonga AQShdan harbiy boʻlmagan yuklarni yetkazish marshrutiga kiritilgandi.

Bu bilan AQSH harbiy dengiz kuchlari Kaspiy dengizidagi Qozogʻiston portlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlganligi haqida mish-mishlar paydo boʻldi.

Biroq, Qozogʻiston axborot vaziri soʻzlariga koʻra, Aktau konvetsiyasi Kaspiy dengizida ushbu dengiz davlatlariga taalluqli boʻlmagan mamlakat qurolli kuchlarini mavjudligi va kemalarni suzishini taʼqiqlaydi.

Kaspiy dengizining huquqiy maqomi toʻgʻrisidagi konventsiyasi – Ozarbayjon, Eron, Qozogʻiston, Rossiya va Turkmaniston rahbarlari 2018 yil 12 avgustida oʻtkazilgan yigʻilishda imzolangandi. Konventsiya boʻyicha 20 yildan ortiq vaqt davomida ish olib borilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala