Solsberi shahridagi restoranda ikki nafar fuqaro zaharlandi

© AP Photo / Matt DunhamBritanskie politseyskie
Britanskie politseyskie  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Voqea joyiga 4 ta tez tibbiy yordam mashinasi va xavfli moddalar bilan ishlovchi guruh yuborildi.

TOShKENT, 17 sen – Sputnik. Kuni kecha Solsberi shahridagi High Street ko‘chasida joylashgan Prezzo restoranida ikki nafar mehmon o‘zlarini yomon his etadi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Rossiyskiy flag - Sputnik O‘zbekiston
Skripal ishi bo‘yicha O‘zbekiston Rossiya bayonotini qo‘llab-quvvatladi

“Politsiyaga tez yordam xizmatidan qo‘ng‘iroq qilindi. Ikki nafar kishi, 40 yoshdan oshgan erkak va 30 yoshdan ayol o‘zini yomon his etishganligi haqida xabar berildi”, - Uiltshir politsiyasi xabarida.

Zaharlanganlar Solsberi shifoxonasiga yotqizildi. Politsiya ma’lumotlariga qaraganda, bu yerda “Novichok” bilan zaharlanish haqida gap ketmayapti.

Shuningdek, politsiya bu hodisa jinoyat ekanligi ham aniq aytilmayapti. Shaharda barcha xafsizlik choralari ko‘rilmoqda. Bundan avval, zaharlanganlar rossiyaliklar ekanligi aytilgandi.

Huquq tartibot organ xodimlari restoran va unga yaqin hudud o‘rab olindi.

Hozirgi vaqtda politsiya xodimlari sodir bo‘lgan holatni aniqlashtirishga harakat qilishmoqda.

Sky News telekanali xabariga ko‘ra, voqea joyiga 4 ta tez tibbiy yordam mashinasi va xavfli moddalar bilan ishlovchi guruh yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, 4-mart kuni Solsberi shahrida sobiq razvetka bosh boshqarmasi zobiti Sergey Skripal va uning qizi zaharlangandi.

Yangiliklar lentasi
0