Jamiyat

Oʻzbekneftgaz Xitoyga koʻproq gaz yetkazib berishga kelishib oldi

© Press-slujba "Uzbekneftegaza"Predstaviteli "Uzbekneftegaza" proveli vstrechu s delegatsiyey iz Kitaya
Predstaviteli Uzbekneftegaza proveli vstrechu s delegatsiyey iz Kitaya - Sputnik Oʻzbekiston
CNPC Mingbuloqdagi M-15 qudugʻini sinovdan oʻtkazish natijalarini sabrsizlik bilan kutmoqda.

TOSHKENT, 18 sen – Sputnik. “Oʻzbekneftgaz” AJ va Xitoyning Xitoy Milliy neft-gaz korporatsiyasi (CNPC) vitse-prezidenti Xou Tsitszyun boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

15 sentyabr kuni Oʻzbekneftgaz bosh ofisida Tomonlar Oʻzbekistonda qazib olingan tabiiy gazni qish mavsumi va 2019 yil mobaynida yetkazib berish, hamda “Oʻzbekiston-Xitoy” gaz quvurining 4-liniyasi orqali tabiiy gazni yetkazib berish boʻyicha masalalarni koʻrib chiqdilar. 

Uchrashuv davomida CNPC vitse-prezidenti Xou Tsitszyun Mingbuloqdagi M-15 qudugʻini sinovdan oʻtkazish natijalarini sabrsizlik bilan kutayotganini taʼkidladi.

Posol Uzbekistana v Rossiyskoy Federatsii Baxrom Ashrafxanov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi “Oʻzbekneftegaz” AJga rais etib tayinlandi

Shuningdek, Xitoy tomoni Oʻzbekiston Respublikasining istiqbolli investitsiya bloklari boʻyicha geologik-qidiruv ishlarini olib borish sohasidagi sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish taklifi kiritildi.

Eslatib oʻtamiz, “Oʻzbekiston-Xitoy” gaz quvuri boʻyicha loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilganligining 10 yil toʻldi.

CNPC korporatsiyasi geologik-qidiruv ishlari, uglevodorod xom-ashyosini qazib olish va transportirovka qilish, hamda tabiiy gaz savdosi bilan bogʻliq investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi nafaqat Oʻzbekneftgaz AJning uzoq muddatli va ishonchli hamkori, balki oʻzbek kompaniyalarining asosiy hamkoridir. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala