TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. Oʻzbekiston Moliya vazirligida boʻlib oʻtgan muzokaralarda Yevropa taraqqiyot va rivojlanish banki, The Coca-Cola Company (AQSH) va Coca-Cola İçecek (Turkiya) vakillari bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri Moliya vazirligiga asosan.
Boʻlib oʻtgan uchrashuvda “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd” korxonasiga strategik hamkorni taklif qilish masalasi koʻrib chiqildi. Ushbu masalani hal qilishda Yevropa taraqqiyot va rivojlanish banki yordam koʻrsatishi mumkin.
Ayni damda “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd” zavodinng 57,1% aktsiyasi “Oʻzbekoziqovqatxolding” kompaniyasiga tegishli, 42,9 % esa - The Coca-Cola Export Corporationga tegishli.
Eslatib oʻtamiz, “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd” qoʻshma korxonasi 1993 yilda tashkil qilingan. Bugungi kunda kompaniyaning Oʻzbekiston hududida 3ta zavodi bor: Toshkent, Namangan va Urganchda.
Ushbu davodlarda 10ta ishlab chiqarish liniyalari Koka-Kola, Fanta, Sprayt, Bonakva va Fyuz Chay brendlari ostida 9 xil ichimliklar ishlab chiqarmoqda. Koka kola zavodi eng zamonaviy korxonalardan biri boʻlib, u toʻrtta ISO sertifikatiga ega.