Dunyoda

Facebook amerika maxsus xizmatlari quroliga aylanmoqda, dedi Zaxarova

© Press-slujba MID RF / Mediabankka oʻtishBrifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy
Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
"(Mark) Tsukerbergning farzandi ...bizning koʻz oʻngimizda axborot makonini rasmiy Vashingtonga maʼqul boʻlmagan kontentdan axborot makonini tozalash boʻyicha amerika maxsus xizmatlari boshqaruvida boʻlgan qurolga aylanib bormoqda", - deb aytdi Zaxarova

TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. Facebook koʻz oʻngimizda AQSH maxsus xizmatlarining axborot makonini Vashingtonga maʼqul boʻlmagan kontentdan tozalash boʻyicha maxsus qurolga aylanib bormoqda, deb bayonot qildi RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

RIA Novosti xabari asosida.

"(Mark) Tsukerbergning farzandi ...bizning koʻz oʻngimizda axborot makonini rasmiy Vashingtonga maʼqul boʻlmagan kontentdan axborot makonini tozalash boʻyicha amerika maxsus xizmatlari boshqaruvida boʻlgan qurolga aylanib bormoqda", - deb aytdi Zaxarova.

Logotip mejdunarodnogo informatsionnogo brenda Sputnik  - Sputnik Oʻzbekiston
Sputnik jahonning yetakchi OAVlariga Rossiya ilm-fani haqida aytib beradi

Misol tariqasida Zaxarova Facebook ijtimoiy tarmogʻi va Atlantik kengash oʻrtasida joriy yilning may oyida "butun dunyo boʻyicha saylovlarga ijobiy taʼsir koʻrsatish toʻgʻrisida" tuzilgan bitimni keltirib oʻtdi.

"Ey, yigitlar, bu nimasi? Axir bu shunchaki manipulyatsiya, bu yolgʻon, ular "yangi media"larga ham, axborotni tarqatish erkinligiga ham ishonishadi... Yuz millionlab, balki koʻproq odamlar ushbu ijtimoiy muhit ishtirokchilariga aylanishdi, va ular bu tarmoqqa ishongan bir vaqtda ulardan shu tariqa foydalanishmoqda", - deb oʻz noroziligini bildirdi Zaxarova.

Zaxarovaning soʻzlariga koʻra, erkin demokratik saylovlar va axborot makonining tozaligi uchun kurashuvchilar bugungi kunda boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashib, haqiqatdan yiroq boʻlgan axborotlarni tarqatish bilan shugʻullanishmoqda.

"Boshqa mamlakatlar, xususan Rossiya nomiga qilinayotgan dalilsiz ayblovlar esa, oʻzlarining mana shu turdagi harakatlari uchun niqob boʻlib xizmat qiladi", - dedi Zaxarova.

Ayol bu borada Feysbuk ijtimoiy tarmoq, mutasaddi xalqaro tuzilmalar va huquqni himoyalovchi tashkilotlar reaktsiyasini eshitishni juda xohlashini qoʻshimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0