TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. Janubiy Koreya rahbari Mun Chje In soʻzlariga koʻra, u AQSH prezidenti Donald Trampga KXDR yetakchisi Kim Chen Inning yangi bayonotini yetkazib beradi.
“Yaqinda men AQShga boraman va prezident Donald Tramp bilan uchrashuv oʻtkazaman. Men u bilan denuklearizatsiya boʻyicha Koreya sammiti yakuniy hujjatida aks etmagan tomonlar haqida suhbatlashishni rejalashtirganman. AQSH KXDRga oʻz bayonotini biz orqali yubormoqchi. Prezident Tramp bilan uchrashganimda, bu vazifani amalga oshiraman”, - dedi Mun Chje In KXDR tashrif yakuni boʻyicha matbuot anjumanida.
Uning soʻzlariga koʻra, denuklearizatsiya jarayoni barcha tafsilotlari AQSH va KXDR yetakchilari oʻrtasida muhokama qilinishi zarur.
Mun Chje In 18-20 sentyabrda KXDRga tashrif buyurib, Kim Chen In bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Uchrashuvlar yakunida Koreya yarim orolida yadroviy qurol va urush xavfidan qutulishga qaratilgan intilishlarni davom ettirish boʻyicha qoʻshma bayonot imzolandi.
Toʻqnashuvlarni oldini olish va xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar ikki davlat mudofaa vazirlari imzolagan bitimda oʻz aksini topdi. Mun Chje In esa prezident Kim Chen Inni yaqin vaqtlarda Seulga taklif qildi. KXDR yetakchisi bu taklifni qabul qildi.