Jamiyat

Kelasi yildan Rossiyada yangi avtomobil raqamlari kiritiladi

© Sputnik / Andrey Iglov / Mediabankka oʻtishVыdacha gosudarstvennыx nomernыx znakov s kodom "82" v Simferopole
Vыdacha gosudarstvennыx nomernыx znakov s kodom 82 v Simferopole - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
2019 yildan boshlab Rossiyada 10 xil oʻlchamda davlat raqamlari kiritiladi.

TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. 2019 yildan boshlab Rossiyada yangi GOST kuchga kiradi, unga koʻra har bir transport turiga oʻziga mos oʻlchamdagi davlat raqamlari beriladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti "Kommersant" xabariga asosan.

Xabarda aytilishiga koʻra, yangi yildan boshlab 10 xil turli oʻlcham va shakllardagi davlat raqamlari joriy etiladi.

Xususan, mototsikllar uchun 190x145 millimetr boʻlgan maxsus raqamlar, Yaponiya va AQSH bozorlaridan olib kelingan avtomobillar uchun maxsus raqamlar, moped, skuter va kvadrotsikllar uchun maxsus davlat belgilari joriy etiladi.

Shuningdek, mototsikllarda harakatlanayotgan xorijiy diplomatik vakolatxonalar xodimlari uchun ham qizil rangdagi mototsikl nomerlari kiritiladi.

Undan tashqari, sport avtomobillari va klassik avtomobillar uchun ham maxsus davlat raqamlari joriy etiladi. Bunday belgilar "S" yoki "K" harflari bilan boshlanadi.

Ushbu choralar qoidabuzarliklarning oldini olish hamda videoqayd kameralari tomonidan qoidabuzarliklarni samarali qayd qilishga qaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0