Siyosat

Pompeo: AQSH uchun Rossiya emas, Xitoy katta xavf tugʻdiradi

© AP Photo / Andy WongFlag SSHA na fone emblemы Kitaya
Flag SSHA na fone emblemы Kitaya - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya oʻzini agressiv tutmoqda. Rossiya bizning saylovlarimizga aralashishga harakat qilmoqda. Lekin Xitoydan boʻladigan xavf kattaroq, degan Pompeo

TOSHKENT, 20 sen - Sputnik. Xitoy AQSH uchun Rossiyadan koʻra koʻproq xavf tugʻdiradi, deb hisoblaydi AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo.

Kongress SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH Xitoy tovarlariga nisbatan ulkan boj kiritdi

"Rossiya oʻzini agressiv tutmoqda. Rossiya bizning saylovlarimizga aralashishga harakat qilmoqda. Vladimir Putin rahbarligida Rossiya "urishqoq"ligicha qolmoqda. Biz ularga javob qaytarmogʻimiz, va imkoni boricha toʻxtatmogʻimiz lozim", - deb aytgan Pompeo Fox Newsga bergan intervyusida, AQShga kim koʻproq tahdid soladi - Rossiyami yoki Xitoy degan savolga javob berar ekan.

Moskva bunga qadar koʻp marotaba amerika maxsus xizmatlarining AQShdagi saylovlarga aralashuvi boʻyicha ayblovlarini rad etgan edi.

"Ammo amerikaliklar hayot tarziga tahdid masalasini uzoq istiqbolda olib qaraydigan boʻlsak, yaʼni Amerika iqtisodiyoti taraqqiy etishidagi xatarlarni inobatga oladigan boʻlsak, Xitoy AQSH uchun katta xatardir", - deb qoʻshimcha qilgan AQSH Davlat kotibi.

Yangiliklar lentasi
0