Jamiyat

Mariya Zaxarova Sputnik nima sababdan tanqid ostiga olinayotganini aytib berdi

© Sputnik / Sergey PyatakovOfitsialnыy predstavitel ministerstva inostrannыx del Rossii Mariya Zaxarova
Ofitsialnыy predstavitel ministerstva inostrannыx del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Gʻarbda Sputnik tanqid ostiga olinishiga sabab - uning samarali ekanligida, deydi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. Ayrim Gʻarb mamlakatlarida Sputnik axboorot agentligi va radiosi tanqid ostiga olinishiga sabab, uning maqsadli auditoriya bilan ishlashdagi samaradorligidir, dedi Rossiya TIV maxsus vakili Mariya Zaxarova Baltic Weekend media forumida.

Zaxarova aytishiga qaraganda Sputnikdan oldin faoliyat koʻrsatgan “Golos Rossii”, radiokompaniyasiga hech qachon bunday taʼna va malomatlar yogʻdirilmagan. Xoʻsh Sputnikning undan farqi nimada? "Maqsad va vazifalar oʻzgarmagan boʻlsada, axborotni kerakli auditoriyaga yetkazish uslubi yanada samaraliroq boʻldi" – deydi Zaxarova.

"Bizning dunyo miqyosida samaradorligimiz  raqobatbardoshligimiz ortgan sari, barcha uchun ommaviy qabul qilingan qonun – qoidalar tugab, yerdagi qonunlar amal qilmaydigan qandaydir koinot orbitasiga chiqib qolmoqdamiz. U yerda na toqatlilik, na huquq-tartib normalariga hurmat bor", - deydi Rossiya TIVi rasmiy vakili.

"Xorijiy jurnalistlar tomonidan Sputnik tomon otilayotgan toshlarning asosiy maʼnosi bitta - ular dezinformatsiya tarqatmoqda, degan mavzuda. Bunga javoban men: “Ana shunday yolgʻon maʼlumotlardan bir nechtasini toʻplab bizga yuboring, deyman, lekin shuncha vaqtdan beri hali hech kim bizga biror marta ana shunday “dezinformatsiya”ga misollar toʻplab yuborgani yoʻq", - deydi Zaxarova.

Eslatib oʻtamiz, Baltic Weekend  Sankt-Peterburgda har yili oʻtkaziladigan, Yevropada eng yirik boʻlgan kommunikatsiyalar boʻyicha xalqaro forum. Oʻtgan 17 yil davomida ushbu forum Rossiya va xorijiy jurnalistlar muloqot qilishi uchun samarali maydon sifatida oʻzini namoyish qildi.

Sputnik - 32 tilda xabarlar tarqatuvchi xalqaro axborot agentligi va radiodir. Sputnik auditoriyasi oyiga 50 million kishini tashkil qiladi. Sputnikning  dunyo boʻylab joylashgan 22 redaktsion markazlaridan 1000 dan ortiq kishi ishlaydi.

Yangiliklar lentasi
0