TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. Sputnik xalqaro agentligi va radiosi Ilm-texnikaga oid axborotlar almashinuvi boʻyicha xalqaro ittifoq hammuassislaridan biriga aylandi.
Payshanba kuni Xitoyning Guandun provintsiyasi, Chjuxay shahrida oʻtkazilgan tantanali marosimda tashkilotning yaratilgani haqidagi bitimga Osiyo, AQSH va Yevropa OAVlari rahbarlari bilan bir qatorda Sputnik Bosh muharriri oʻrinbosari Andrey Blagodыrenko ham imzo chekdi.
Ushbu ittifoq xitoyning "Ketszi jibao" ("Fan va texnika") gazetasi tashabbusi bilan shakllantirilgan. Uyushma ishtirokchilari bir-biriga ilmiy maqolalar taqdim etib, eng qiziqarli va muhim hamkor yangiliklarni oʻz resurslarida chop etadilar.
Bitimni imzolash tadbiri xalqaro kommunikatsiyalar masalalariga bagʻishlangan "21 asr Dengiz Ipak yoʻli" forumi doirasida boʻlib oʻtdi.
Tadbir tashkilotchilari Guandun provintsiyasi hukumati, Xitoy Mediakorporatsiyasi hamda "Ketszi jibao" gazetasidir.
Forum sessiyalaridan birida chiqish qilgan Andrey Blagodыrenko Sputnik tomonidan fan va innovatsiyalar mavzulari, shu jumladan, Xitoyning eng old medialari bilan hamkorlik xususida soʻzladi.
"Agentligimiz fan va texnologiyalar toʻgʻrisidagi yangiliklarga katta eʼtibor qaratadi va ushbu sohada xalqaro kommunikatsiya sohasida yaratilgan fan-texnika axborot almashinuvi boʻyicha xalqaro ittifoq singari mexanizm uchun xitoylik hamkorlarga oʻz minnatdorligini bildiradi.
Aminmanki, bu xalqaro auditoriya orasida ilm-fan mavzularini ommalashtirish singari umumiy maqsadni amalga oshirishda hamkorlikdagi sermahsul ishni boshlab beradi", - deb taʼkidladi Blagodыrenko.
"Ketszi jibao" — XXR Fan va texnologiyalar vazirligi rasmiy organi boʻlib, 1986 yilda asos solingan. Gazeta Xitoyning 31 provintsiyasida xitoy tilida chop etiladi, BMT, AQSH, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Rossiya, Kanada, Yaponiya, Janubiy Koreya, Janubiy Afrika, Isroil, Braziliya va boshqa texnologik jihatdan rivojlangan davlatlarda oʻz muxbirlik punktlariga ega.
Rubrikalarining asosiy mavzulari: Xitoy va chet eldagi fan kashfiyotlari, innovatsiyalar, fan ekspertlari fikrlari, zamonaviy harbiy texnika, taʼlim masalalari, axborot texnologiyalari, tibbiyot va salomatlik, va boshqa koʻplab mavzular.