TOSHKENT, 20 sen - Sputnik. Qashqadaryo viloyatida joylashgan Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qismlardan birida yangi, zamon talablari asosida bunyod etilgan oshxona foydalanishga topshirildi.

Bir vaqtning oʻzida 200 kishiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan oshxona harbiy uchuvchilar hamda texnik muhandislar uchun moʻljallangan boʻlib, har kuni ularning eʼtiboriga turli-tuman parhez taomlar taqdim etish imkoniyatiga ega.
Taʼkidlash kerak, autsorsing tizimi oshxonadagi oziq-ovqat taʼminoti sifatini yanada yaxshilash, oshxonalar taomnomasini kengaytirishga xizmat qiladi.
Oshpazlar har kunlik belgilangan qatʼiy taomnomaga asosan ovqat tayyorlaydi.
Oshxonada oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va ishlov berishga moʻljallangan alohida xonalar mavjud. Harbir xona zamonaviy texnologik jihozlar, yuqorisi fatli idish-tovoqlar bilan taʼminlangan.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning noyabr oyida Vazirlar Mahkamasi "Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlaridagi harbiy xizmatchilarning ovqatlanish sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida" qarorni imzolagan boʻlib, bugungi kunda vazirlik harbiy qism va muassasalarining barchasi ushbu tizimga samarali oʻtkazildi.