Siyosat

Oʻzbekiston qoʻshni davlatlardan tovar olib kirishni yanada chegaralamoqchi

© Press-slujba pravitelstva KR / Sabыr Ailchiyev Avtomobilnыy zator na kontrolno-propusknoy punkt Akjol avtodorojnыy na granitse Kыrgыzstana i Kazaxstana
Avtomobilnыy zator na kontrolno-propusknoy punkt Akjol avtodorojnыy na granitse Kыrgыzstana i Kazaxstana - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Jumladan, har kuni 2 kilogrammdan olib kirish mumkin boʻlgan tovarlar(oziq-ovqatlar)ni endi har oyda koʻpi bilan 10 kilogacha, har bir turi boʻyicha 2 kilogrammdanoshirmay olib kirish mumkin

TOSHKENT, 20 sen - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida qoʻshni mamlakatlardan tovar olib kirishni yanada chegaralash taklif etilmoqda, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

"Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorga muvofiq, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan avtomobil (piyoda), temiryoʻl va daryo oʻtkazish punktlarida tovarlarning olib oʻtilishini tartibga solish maqsadida, Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi jismoniy shaxslarga bir turdagi maishiy texnika vositalarini har 6 oyda 1 donadan ortiq olib kirishni taqiqlash taklif etilgan.

Jumladan, har kuni 2 kilodan olib kirilishi mumkin boʻlgan, asosan oziq-ovqat tovarlarini, endi har oyda (har bir turi boʻyicha) 2 kilogrammdan oshirmagan holda 10 kilogacha olib kirishga ruxsat berilishi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0