TOSHKENT, 21 sen – Sputnik. GM Uzbekistan mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida dilerlik markazlari bilan avtomobil taqsimoti borasidagi ishlarini takomillashtirganini maʼlum qildi.
“Endilikda siz avtomobilingizni oʻzingizga yaqin va qulay boʻlgan istalgan avtosalondan xarid qilishingiz mumkin, hatto ushbu salonda avtomobil boʻlmasa ham.
Siz shartnoma olish uchun onlayn ariza qoldirishingiz yoki dilerga murojaat qilgan holda yetkazib berish shartlariga koʻra ushbu avtosalonda avtomobilni kutishingiz mumkin”, - deyilgan kompaniya xabarida.
Avtomobillar qayta taqsimoti isteʼmolchilarning talablariga koʻra kunlik tarzda yangilab boriladi.