Mirjalol Qosimov O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

© Foto : Futbolnaya assotsiatsiya UzbekistanaMirjalol Kasimov
Mirjalol Kasimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirjalol Qosimovga 21 yoshga to‘lmagan futbolchilardan yangi yoshlar terma jamoasini shakllantirish vazifasi qo‘yilgan.

TOShKENT, 21 sen – Sputnik. Murabbiylik faoliyati davomida ikki bor O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ustozlik qilgan  Mirjalol Qosimov O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Futbolisti odnoy iz tashkentskix sportivnix shkol na trenirovke - Sputnik O‘zbekiston
Har bir mahallada futbol maydonlari tashkil etiladi

17 sentabr kuni Mirjalol Qosimovga 21 yoshga to‘lmagan futbolchilardan yangi yoshlar (U-21) terma jamoasini shakllantirish vazifasi qo‘yilgan. Ushbu jamoa oradan ikki yil o‘tib, futbolchilari 23 yoshga to‘lganida, Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida qatnashishi kerak.

“O‘z o‘rnida, Mirjalol Qosimov zimmasiga yuklanayotgan vazifaning mas’uliyatini to‘liq his qilayotganini ta’kidlab, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini Tokio—2020ga olib borish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshirishga va’da berdi”, — deyiladi O‘FA axborotida.

Qosimov olimpiya terma jamoasidagi faoliyatini “Bunyodkor” futbol klubiga ustozligini davom ettirgani holda olib boradi.

Mirjalol Qosimov 2006—2007 yillarda O‘zbekiston olimpiya va milliy terma jamoalariga ustozlik qilgan Rauf Inileyevga yordamchi bo‘lgan, 2008—2010 yillarda va 2012—2015 yillarda O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan; birinchi ustozligida JCh—2010 yo‘llanmasini, ikkinchi murabbiyligida esa JCh—2014 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga yaqin kelib, yakunda baribir niyatiga yeta olmagan.

 

Yangiliklar lentasi
0