Jamiyat

Oʻzbekistonda terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha komissiya tuzildi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Komissiyaning ishchi organi etib belgilandi.

TOSHKENT, 21 sen – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti qarori bilan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya tashkil etildi.

SIZO - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Terroristik guruhlarga adashib kirgan fuqarolar jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Komissiyaning ishchi organi etib belgilandi.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq xavflarni baholash boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, shuningdek, uning asosida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini yanada rivojlantirishga va mustahkamlashga oid takliflar ishlab chiqish va choralar koʻrish Komissiyaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, qaror bilan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala