Dunyoda

Xitoy AQSH sanktsiyalariga qaramasdan Rossiya bilan hamkorlikni davom ettiradi

© Sputnik / Ilya PitalevVoyennыe ucheniya "Vostok-2018"
Voyennыe ucheniya Vostok-2018 - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Xitoy AQShga Rossiya bilan harbiy hamkorligi uchun kiritilgan sanktsiyalar boʻyicha keskin bayonot tayyorladi.

TOSHKENT, 21 sen – Sputnik. Xitoy AQSH sanktsiyalariga qaramasdan Rossiya bilan strategik hamkorlikni davom ettiradi, bu haqda Xitoy TIVning rasmiy vakili Gen Shuan maʼlum qildi.

Flag SSHA na fone emblemы Kitaya - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Pompeo: AQSH uchun Rossiya emas, Xitoy katta xavf tugʻdiradi

Xitoy AQShga Rossiya bilan harbiy hamkorligi uchun kiritilgan sanktsiyalar boʻyicha keskin bayonot tayyorladi.

“Xitoy tomoni AQShning yangi sanktsiyalar boʻyicha keskin noroziligini bildiradi. AQSH harakatlari xalqaro aloqalarning asosiy tamoyillarini qoʻpol tarzda buzdi”, - deb taʼkidladi Xitoy TIV vakili

Gen Shuan soʻzlariga koʻra, bu oʻz navbatida Xitoy va AQSH qurolli kuchlari oʻrtasidagi aloqalariga putur yetkazadi.

“Biz Rossiya tomoni bilan ikki davlat yetakchilari oʻrtasida erishilgan kelishuvni roʻyobga chiqarishni davom etamiz. Ikki davlat oʻrtasida strategik sherikchilikni yangi bosqichga koʻtaramiz”, - dedi u.

Payshanba kuni Vashington Xitoy Markaziy harbiy kengashi, harbiy tayyorgarlik departamenti va uning rahbari Li Shanfga nisbatan cheklovlarni kiritdi.

Kongress SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH Xitoy tovarlariga nisbatan ulkan boj kiritdi

Oq uy maʼlum qilishicha, sanktsiyalar oʻtgan yil dekabrda Rossiyadan Su-35 va 2018 yil yanvarda S-400 zenit raketa tizimlarini sotib olinishi bilan bogʻliq. Ikkita kelishuv AQShning Rossiyaga qarshi sanktsiyalar kuchga kirgandan keyin amalga oshirilgan.

Vashington bayonotiga koʻra, yangi choralar Moskvaga qaratilgan. Ammo Rossiya yoki Xitoy mudofaa qobiliyatini zaiflashtirishni nazarda tutmaganligini taʼkidladi.

 

Yangiliklar lentasi
0