Dunyoda

Eronda harbiy parad vaqtida terakt sodir etildi

© REUTERS / TIMA AGENCYIranskiye politseyskiye stoyat vozle zdaniya parlamenta v Tegerane
Iranskiye politseyskiye stoyat vozle zdaniya parlamenta v Tegerane - Sputnik Oʻzbekiston
Bugun, 22 sentyabr kuni Eronning barcha hududlarida 1980-1988 yillardagi eron-iroq urushi xotirasiga bagʻishlangan - Muqaddas mudofaa haftaligi doirasida harbiy paradlar boʻlib oʻtayotgan edi.

TOSHKENT, 22 sen - Sputnik. Eronda 10 kishi harbiy parad vaqtida yuz bergan terakt qurboniga aylandi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Iranskaya ballisticheskaya raketa novogo pokoleniya Fatex - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Eron "Fetx" avlodiga mansub ballistik raketani taqdim etdi

Halok boʻlganlar orasida jurnalist ham bor, shuningdek 20 nafarga yaqin insonlar jarohatlangan.

Eronning Axvaz shahrida terakt shanba kuni ertalab sodir etilgan. Harbiy parad vaqtida nomaʼlum shaxslar tomonidan oʻt ochilgan.

Dastlab Islom inqilobi mirshablar korpusining 8 nafar harbiy askarlari halok boʻlgani haqida maʼlumot berilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, bugun shanba, 22 sentyabr kuni Eronning barcha hududlarida 1980-1988 yillardagi eron-iroq urushi xotirasiga bagʻishlangan -Muqaddas mudofaa haftaligi doirasida harbiy paradlar boʻlib oʻtayotgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala