Iqtisod

Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi 16 %gacha oshdi

© Baxodыr MamadjanovTsentralnыy bank Respubliki Uzbekistan
Tsentralnыy bank Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Markaziy bank pul-kredit siyosatini yuritishda inflyatsion xatarlarni diqqat bilan kuzatib boradi hamda kelib tushayotgan maʼlumotlar tahliliga asoslangan bosqichma-bosqichli yondashuvdan foydalanadi

TOSHKENT, 22 sen - Sputnik. Markaziy bank Boshqaruvi qayta moliyalash stavkasini 2018 yilning 25 sentyabridan 2 foiz bandga oshirib, yillik 16 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

"Mazkur qaror soʻnggi oylarda yuzaga kelgan tashqi iqtisodiy vaziyatni inobatga olgan holda qabul qilinib, inflyatsion kutilmalarning oshishi, maʼmuriy tartibga solinadigan narxlarning oʻsishi va valyuta almashuv kursi oʻzgarishining ichki narxlarga taʼsiri kuchayayotgan sharoitlarda inflyatsion bosimni pasaytirishga yoʻnaltirilgan", - deyiladi bank xabarnomasida.

Yillik inflyatsiya surʼatlarining sekinlashib borishiga qaramasdan, inflyatsion xatarlarning kuchayishi hisobiga kelgusida ushbu dinamikaning oʻsish tomonga oʻzgarishi ehtimoli keskin oshdi. Pul-kredit siyosatining qatʼiylashtirilishi mazkur xatarlarni hamda inflyatsion kutilmalarni pasayishiga xizmat qiladi.

Taʼkidlanishicha, bank tizimida likvidlikning nisbiy profitsiti mavjud sharoitda, qayta moliyalash stavkasi oshirilishi jami kreditlar boʻyicha oʻrtacha tortilgan foiz stavkalariga aytarli taʼsir koʻrsatmaydi.

Proverka dollarov na podlinnost - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda dollar kursi nega oshmoqda? - Markaziy bank izohi

Bunda, milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha bozor foiz stavkalarining nisbatan yuqoriligi kreditlarga boʻlgan talabning bir qismini xorijiy valyutadagi kreditlar hisobiga qondirilishiga olib kelib, ichki valyuta bozoridagi talab va taklif darajasiga bilvosita taʼsir koʻrsatadi.

Markaziy bank tomonidan ushbu qabul qilingan qarorlar taʼsirchanligini oshirish maqsadida qoʻshimcha sterilizatsiya instrumentlarini faollashtirish boʻyicha choralar koʻriladi hamda davlat qimmatli qogʻozlarini muomalaga chiqarish boʻyicha Moliya vazirligi bilan hamkorlik davom ettiriladi.

Qayta moliyalash stavkasining oshirilishi birinchi navbatda, inflyatsion kutilmalar va tashqi inflyatsion omillarning kuchayishi bilan bogʻliq xatarlarni minimallashtirishga qaratilgan.

Ajratilayotgan kredit qoʻyilmalarining qariyb yarmi davlat dasturlari doirasidagi kreditlar hissasiga toʻgʻri kelishi, shuningdek, 2018 yilning 1 oktyabridan boshlab joriy etiladigan majburiy rezervlar boʻyicha yangi normativlar depozitlar boʻyicha foiz stavkalari oshganda ham kreditlar boʻyicha stavkalarni oshirish zaruratini kamaytirib banklarga foiz yuklamasini pasaytirish imkonini beradi. Bu oʻz navbatida, mazkur qaror iqtisodiy oʻsish surʼatlariga salbiy taʼsir koʻrsatmasligidan dalolat beradi.

Markaziy bank pul-kredit siyosatini yuritishda inflyatsion xatarlarni diqqat bilan kuzatib boradi hamda kelib tushayotgan maʼlumotlar tahliliga asoslangan bosqichma-bosqichli yondashuvdan foydalanadi. Markaziy bank tomonidan ichki narxlar oʻsishiga monetar omillar taʼsirini pasaytirish maqsadida pul-kredit siyosatining barcha instrumentlari keng koʻllaniladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala