Siyosat

Jeenbekov: "qarindoshlarim" haddan koʻpayib ketdi, ularni qamash kerak

© © Press-slujba pravitelstva / Sabыr AilchiyevPremyer-ministr Sooronbay Jeenbekov
Premyer-ministr Sooronbay Jeenbekov - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston prezidenti oʻz nutqi davomida "qarindoshlarimning davlat ishlariga aralashishiga yoʻl qoʻymayman", deya vaʼda bergan

TOSHKENT, 22 sen - Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov oxirgi vaqtlarda soni koʻpayib ketgan "qarindoshlar"ni qamash vaqti kelganini aytdi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston nashri.

Qirgʻiziston rahbarining soʻzlariga koʻra, u mamlakatga rahbar boʻlganidan beri "qarindoshlari" va "doʻstlari" soni koʻpayib qolgan.

Sal oldin Qirgʻiziston prezidenti matbuot-xizmati Jeenbekov 20 sentyabr kuni Chuy viloyatining Kemin tumaniga tashrif uyushtirgani va u yerda mahalliy aholi bilan uchrashgani haqida xabar bergan edi.

Press-konferentsiya prezidenta Kirgizii Kurmanbeka Bakiyeva v rodovom dome v poselke Teyit - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Qurmonbek Boqiyev Qirgʻizistonga qaytmoqchi

Prezidentning shaxsiy operatori Ulan Satiyev Facebook ijtimoiy tarmogʻida Jeenbekov oʻzining "siyosatdagi qarindoshlari" haqida gapirgan videoni joyladi.

Qirgʻiziston prezidenti oʻz nutqid davomida, xususan, qarindoshlarining davlat ishlariga aralashishiga yoʻl qoʻymasligi haqida aytib, ishontirgan.

"Aytishlaricha, Jeenbekov Boqiyevday boʻlibdimish, goʻyo mening ham qarindoshlarim hokimiyat tepasiga kelishgani haqida gap-soʻzlar yuribdi. Men sizlarga aytib qoʻyay, qarindoshlarimni oʻz ishlarimga aralashtirishga odatlanmaganman. Mening bosh maqsadim - tinchgina ishlash va muddatim tugashi bilan hokimiyatni topshirish. Shuningdek, men mutlaqo tanimaydigan "qarindoshlarim" va "doʻstlarim" ham paydo boʻlibdi. Ular vrach qabuliga tezroq kirish yoki allaqanday mansabni egallamoqchi boʻlganlarida mening ismimni aytayotgan ekan. Men, ularni tezroq qamoqqa olishlarini talab qilaman", - deb qayd etgan prezident.

Qirgʻiziston rahbari, shuningdek, oʻgʻli hech qachon Maksim Boqiyevga oʻxshamasligini, bugungi kunda u endi toʻrtinchi sinfga oʻtganini qoʻshimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala