Oʻqishga kirolmaganlar uchun imkoniyat: 9 ta OTMga qoʻshimcha kvotalar berildi

© X. Paydoyev / Narodnoye slovoStudentы vo vremya vstupitelnыx ekzamenov v "Uzekspotsentre"
Studentы vo vremya vstupitelnыx ekzamenov v Uzekspotsentre - Sputnik Oʻzbekiston
Kirish imtihonlari oliy taʼlim muassasalari tomonidan 2018 yil 28-30 sentyabr kunlari oʻtkaziladi

TOSHKENT, 22 sen - Sputnik. Oʻzbekistondagi 9 ta OTMga xorijiy OTMlar bilan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash uchun qoʻshimcha kvotalar berildi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Studentы v auditorii - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yangi oʻquv yilidan OTM shartnoma toʻlovlari EKIHda oʻlchanadi

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2018 yilda 17 sentyabrdagi 9-sonli bayoni bilan 9 ta oliy taʼlim muassasasiga 2018/2019 oʻquv yili uchun qabuli uchun xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida bakalavr va magistrlar tayyorlash boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha qabul kvotalari tasdiqlandi.

Bular: Toshkent davlat texnika universiteti – 75 ta (bakalavriat); Toshkent davlat stomatologiya instituti – 60 ta (bakalavriat); Toshkent kimyo-texnologiya instituti – 20 ta (magistratura); Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti – 10 ta (magistratura); Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti – 25 ta (bakalavriat); Milliy rassomlik va dizayn instituti – 20 ta (bakalavriat); Namangan muhandislik-texnologiya instituti – 60 ta (bakalavriat); Namangan muhandislik-qurilish instituti – 60 ta (bakalavriat) va Andijon mashinasozlik instituti – 90 ta (bakalavriat – 80 ta, magistratura – 10 ta).

Qoʻshma taʼlim dasturlari asosida bakalavriat va magistraturaga abituriyentlardan hujjatlar 2018 yil 25 sentyabrgacha qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari oliy taʼlim muassasalari tomonidan 2018 yil 28-30 sentyabr kunlari oʻtkaziladi.

Oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun oʻqish istisno tariqasida 2018 yilning 2 oktyabridan boshlanadi.

Kirish sinovlari natijasi boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida qoʻshma taʼlim dasturlarida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarga toʻlov-kontrakt shartlarini bajarishning oxirgi muddati 2018 yil 31 oktyabr etib belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala