Eron TIV Axvazdagi terakt tufayli YeIga a’zo uch davlat elchilarini chaqirtirdi

© ATTA KENARE / AFPOblomki amerikanskogo vertoleta s flagom Irana
Oblomki amerikanskogo vertoleta s flagom Irana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buyuk Britaniyalik diplomatga, terroristik guruh vakiliga terakt uchun javobgarlik to‘g‘risida london teletarmoqlari orqali e’lon qilishiga yo‘l qo‘yib berish maqbul ish emasligi aytilgan

TOShKENT, 23 sen - Sputnik. Eron Tashqi ishlar vazirligi Axvaz shahridagi harbiy parad vaqtida yuz bergan terakt tufayli Niderlandlar, Daniya elchilarini hamda Buyuk Britaniyaning vaqtincha ishonchli vakilini chaqirtirdi. Bu haqda IRNA agentligi mamlakat Tashqi ishlar muassasasi vakili Bahrom Kasemiyga tayangan holda xabar berdi, deb yozadi RIA Novosti.

Iranskie politseyskie stoyat vozle zdaniya parlamenta v Tegerane - Sputnik O‘zbekiston
Eronda harbiy parad vaqtida terakt sodir etildi

Eron TIV uch davlat vakillariga ular Axvazda yuz bergan teraktga aloqador bo‘lgan terrorchi guruhlarni o‘z mamlakatlarida yashirib kelayotgani to‘g‘risida Eron pozitsiyasi bildirilgan.

Kasemiyning so‘zlariga ko‘ra, Eron allaqachon bu davlatlar hukumatlarini terrorchilar hali ham o‘sha davlatlar hududlarida ekanini ma’lum qilgan hamda ularni hibsga olib, sud qilishga chaqirgan.

"Yevropa ittifoqi ushbu terrorchi guruhlarni to ular Yevropa hududida jinoyat sodir etmagunga qadar o‘zining qora ro‘yxatiga kiritmayotganini qabul qilib bo‘lmaydi", - deb bayonot qilgan Kasemi.

Kasemi shuningdek, ushbu terakt Niderlandlar va Daniya tomonidan qat’iy qoralanishiga, shuningdek, aybdorlar Eronga ekstradatsiya qilinishiga umid bildirishini ma’lum qilgan.

Buyuk Britaniyalik diplomatga, terroristik guruh vakiliga terakt uchun javobgarlik to‘g‘risida london teletarmoqlari orqali e’lon qilishiga yo‘l qo‘yib berish maqbul ish emasligi aytilgan.

Diplomatlar yuz bergan hodisa tufayli o‘zlarining chuqur hamdardliklarini bildirganlar, va uchrashuvda ko‘tarilgan masalalarni o‘z hukumatlariga yetkazish va’dasini berganlar, deb qayd etiladi xabarda.

Ular shuningdek, o‘z davlatlari jinoyatchilarni ushlashda va axborot almashishda Eron bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirganlar.

Samolet - Sputnik O‘zbekiston
Eronda samolyot halokatida 66 kishi qurbon bo‘ldi

Axvazdagi terakt

Eronning Axvaz shahrida terroristik akt shanba kuni ertalab, harbiy parad vaqtida yuz berdi. Halok bo‘lganlar soni shu paytga qadar 28 nafarni tashkil qilmoqda, 60 kishi jabrlangani aytilmoqda.

IRNA xabariga ko‘ra, terakt uchun javobgarlikni Saudiya Arabistoni bilan aloqador bo‘lgan "Axvazdagi vatanparvar arab demokratik harakati" o‘z zimmasiga olgan.

Eron TIV rahbari Javad Zarif ilgariroq terakt uchun javobgarlik "terrorizmning hududiy sponsorlari va amerikalik instruktor zimmasida" ekani haqida bayonot qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0