Toshkentda Montessori bog‘chalari paydo bo‘lishi mumkin

© WikipediaMontessori-klass
Montessori-klass - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Singapur kompaniyasi toshkent hokimiyati bilan zamonaviy “Montessori” bog‘chalari tarmog‘i qurish haqida muzokaralar o‘tkazdi.

TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Toshkent shahar hokimligida Singapurlik tadbirkorlar bilan xalqaro “Montessori” bog‘chalari tarmog‘i qurish haqida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda hokimiyat matbuot xizmati.

Xususan, Singapurning «Modern Montessori International» kompaniyasi raisi T.Chandru va «CISTECH International Pte Ltd» kompaniyasi direktori B.Mekani bilan O‘zbekistonda bolalar bog‘chalari tarmog‘ini yaratish loyihasi muhokama qilindi.

Yujnokoreysi pomogut Uzbekistanu v sozdanii kontenta dlya doshkolnikov - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda bog‘cha bolalari uchun media materiallar tayyorlaydigan markaz paydo bo‘ladi

Toshkent shahar hokimligi Singapur ishbilarmonlariga yordam berishga tayyorligini bildirdi va tomonlar Singapurning kadrlar tayyorlash bo‘yicha markaz hamda markaz qoshida — bolalar ta’lim muassasalarini qurishi masalasi ko‘rib chiqildi.

“Montessori” pedagogika uslubiga – 20-asr boshlarida Italiyada yashagan shifokor Mariya Montessori asos solgan. “Montessori” uslubi bolalarga maxsus tayyorlangan hudud chegarasida imkon qadar katta erkinlik berish, bolalarning barcha his qilish organlarini rivojlantirishga asoslangan. Bugungi kunda “Montessori” pedagogika uslubi asosida faoliyat yurituvchi bog‘chalar dunyoning turli burchaklarida keng tarqalgan.

Yangiliklar lentasi
0