Jamiyat

Cobalt va Malibu mashinalarini yetkazib berish muddati qisqardi

Avtomobillar qayta taqsimoti isteʼmolchilarning talablariga koʻra kunlik tarzda yangilab boriladi.

TOSHKENT, 24 sen — Sputnik. GM Uzbekistan Cobalt (4 poz. AT) avtomobilining yetkazish muddati 84 dan 40 kalendar kuniga (60 dan 25 ish kuni) va “Malibu Turbo”ni 125 dan 60 kalendar kuniga (90 dan 45 ish kuni) qisqardi, deb xabar qildi "Oʻzavtosanoat".

Avtomobil Chevrolet Tracker - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
GM Uzbekistan dilerlik markazlari bilan faoliyatini qayta koʻrib chiqdi

Kompaniya maʼlum qilishicha, ushbu yangi qisqargan muddatlar avtomobil yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomalarda ham huquqiy jihatdan ham qayd etiladi.

Eslatib oʻtamiz, yaqinda kompaniya “Lacetti” (1 poz.), “Cobalt” (2 poz.) va “Nexia” (4 poz. AT) avtomobillarini xaridorlarga yetkazib berish muddatini 60 dan 45 ish kunigacha, “Lacetti” (1 poz. GBU bilan) avtomobilini esa 60 dan 40 ish kunigacha qisqartirgandi.

Shu bilan birga, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida dilerlik markazlari bilan avtomobil taqsimoti borasidagi ishlarini takomillashtirganini maʼlum qilgandi.

Avtomobillar qayta taqsimoti isteʼmolchilarning talablariga koʻra kunlik tarzda yangilab boriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala