Markaziy bank yangi tanlov e’lon qildi

© Sputnik / Ruxkan / Mediabankka o‘tishOplata pokupki cherez terminal plastikovoy bankovskoy kartoy
Oplata pokupki cherez terminal plastikovoy bankovskoy kartoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi.

TOShKENT, 24 sen – Sputnik. Markaziy bank milliy chakana to‘lov tizimi nomini aniqlash uchun tanlov e’lon qildi.

Tanloda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar, g‘oya va takliflarini Markaziy bankka (quyidagi manzil orqali) taqdim etishlari mumkin.

Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:

Birinchi bosqichda mazkur tizimni nomlash bo‘yicha takliflar joriy yilning 10 oktabriga qadar qabul qilinadi va shu bilan birga eng yaxshi g‘oyalar (short-list) tanlanadi.

Ikkinchi bosqichda, birinchi bosqich natijasi bo‘yicha aniqlangan eng yaxshi g‘oyalar orasidan g‘olibni ovoz berish yo‘li orqali fuqarolar tomonidan aniqlanadi (ovoz berish tartibi short-list shakllangandan so‘ng e’lon qilinadi).

To‘lov tizimining nomi o‘zida milliy uyg‘unlikni aks ettiruvchi bir yoki ikki so‘zdan iborat bo‘lishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0