Yangi xeshteg va ustozlar bog‘i: Shermatov 1-oktabrni qanday nishonlashni belgiladi

© Sputnik / StringerMinistr narodnogo obrazovaniya Sherzod Shermatov
Ministr narodnogo obrazovaniya Sherzod Shermatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haftalik doirasida maktablarda "Ustozimga atalga nihol" va faxriy o‘qituvchilar orasida "Ustozdan bog‘ qolur" mavzularida daraxt va ko‘chat ekish aksiyalarini tashkil etish belgilangan

TOShKENT, 24 sen - Sputnik. 1-oktabr - "Ustoz va murabbiylar bayrami kuni" munosabati bilan O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘qituvchilar bayramini nishonlash bo‘yicha qarorni imzoladi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Sherzod Shermatov, Ministr narodnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Birgalikda o‘qituvchilarimiz obro‘sini oshirishga harakat qilaylik - Shermatov

Xalq ta’limi vaziri respublikadagi barcha xalq ta’limi boshqarma rahbarlariga murojaat qilib, ma’lum targ‘ibot ishlarini amalga oshirishni yo‘lga qo‘yishni so‘ragan.

Jumladan, qarorga ko‘ra, 25-sentabrdan 2-oktabr kunigacha O‘zbekistonda "Ustozingni tabrikla" nomli eko-haftalik o‘tkazilishi belgilangan.

Ushbu haftalik doirasida ta’lim muassasalarida "Ustozlar bog‘i"ni tashqil etish uchun o‘quvchilar orasida "Ustozimga atalga nihol" va faxriy o‘qituvchilar orasida "Ustozdan bog‘ qolur" mavzularida daraxt va ko‘chat ekish aksiyalarini tashkil etish belgilangan.

Faxriy o‘qituvchilar va murabbiylar xonadonlariga borishni tashkil etish hamda o‘quvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan tabriklarni #ustozingni_tabrikla! #pozdrav_svoyego_uchitelya! xeshtegi bilan ijtimoiy tarmoqlarga joylanishi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0