TOSHKENT, 25 sen — Sputnik. Braziliyada chaqaloq zaharli chayon yetti marta chaqqandan keyin omon qoldi.
Ushbu holat mamlakatning sharqiy qismida Baiya shtatida sodir boʻldi. Ona bolasini choʻmiltirgandan soʻng, unga pampersni kiyib qoʻyyadi. Lekin pampers ichida chayon borligini koʻrmay qoladi. Bola nafasi boʻgʻilishi boshlanadi. Shundan keyin ayol zudlik bilan uni shifoxonaga olib boradi.
Shifokorlar bolani koʻrib chiqishganda, uning ichki kiyimlari orasida chayonni topib olishadi. Chayon bolaning kindik yaqinida yetti marta chaqqan ekan.
Bolaga zudlik bilan 6 ta zaharga qarshi dori qilishadi. Bola omon qolishga umid kam edi.
Qizcha jonlantirish boʻlimiga yotqizildi. Bir necha kundan keyin oʻziga kelishni boshlaydi.
Shifokorlarning soʻzlariga koʻra, chayon chaqqandan keyin ikki soat ichida zaharga qarshi dori qilinganligi tufayli bolani qutqarib qolishga muvaffaq boʻldi.