Shavkat Mirziyoyev Binali Yildirimni qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 24-sentabrya prinyal predsedatelya Velikogo natsionalnogo sobraniya Tureskoy Respubliki Binali Yildirima
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 24-sentabrya prinyal predsedatelya Velikogo natsionalnogo sobraniya Tureskoy Respubliki Binali Yildirima - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish

TOShKENT, 25 sen - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 24-sentabr kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya Buyuk millat majlisi raisi Binali Yildirimni qabul qildi, deb yozmoqda prezident matbuot xizmati. 

O‘zbekiston prezidenti mehmonni samimiy qutlar ekan, siyosiy iroda va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi an’anaviy yaqin va do‘stona munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganini ta’kidladi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 24-sentabrya prinyal predsedatelya Velikogo natsionalnogo sobraniya Tureskoy Respubliki Binali Yildirima
Shavkat Mirziyoyev Binali Yildirimni qabul qildi - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 24-sentabrya prinyal predsedatelya Velikogo natsionalnogo sobraniya Tureskoy Respubliki Binali Yildirima

Suhbatda oliy darajadagi uchrashuvlar yakunida erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan bitimlarni amalga oshirish, shuningdek, hamkorlikka oid qo‘shma dastur va loyihalarning parlamentlar vakillari tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanishi muhimligi qayd etildi.  

Binali Yildirim Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirdi va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Binali Yildirim i Nigmatulla Yo‘ldoshev - Sputnik O‘zbekiston
Senatda Turkiya parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Mehmon O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuksak baholab, Turkiya mamlakatimiz iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini modernizatsiya qilishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Konstruktiv muloqot davomida tomonlarning an’anaviy do‘stlik munosabatlari va uzoq muddatli strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga intilishi qat’iy ekani qayd etildi.

Oxirgi yil davomida O‘zbekiston va Turkiya orasida munosabatlar izchil rivojlanmoqda. Turkiyaning yetakchi kompaniyalari va banklari bilan hamkorlikda savdo, innovatsiyalar, energetika, infratuzilma, transport, turizm, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati va boshqa tarmoqlarda investitsiya dasturlari va loyihalari amalga oshirilmoqda.

2018 yil boshidan buyon 230 dan ortiq O‘zbekiston – Turkiya qo‘shma korxonasi tashkil etilgan. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi shu davrda 40 foizdan ziyodga oshgan.

Yangiliklar lentasi
0