Qoidabuzarlik qayd etilgan video uchun pul mukofoti to‘lanadi

© Sputnik / Alexey Malgavko / Mediabankka o‘tishVideoregistrator v avtomobile
Videoregistrator v avtomobile - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2019-yildan boshlab qoidabuzarlik qayd etilgan video uchun pul mukofoti to‘lana boshlanadi.

TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Kelasi yildan boshlab O‘zbekistonda YHQ buzilishi qayd etilgan video uchun pul mukofoti to‘lanadi, deb xabar qilmoqda Norma.uz.

Videoregistrator v avtomobile - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yo‘lovchi tashuvchi transportda videoregistrator o‘rnatilishi majburiy bo‘ladi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 2019-yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekiston hududida videoregistrator orqali qayd qilingan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni to‘plovchi markazlashtirilgan tizim ishga tushiriladi.

Jismoniy va yuridik shaxslar jarima.uz sayti orqali bunday dalillarni yubora oladilar. Jamoat transporti va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun videoregistratorlar o‘rnatish majburiy bo‘ladi.

“Har bitta xabar uchun uni yuborgan shaxslar undirilgan jarima hisobidan EKIHning 5%i miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. Fuqaroning uyali telefon raqami hisobiga yoki plastik kartasiga IIVning budjetdan tashqari jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkazilgan mablag‘lar hisobidan avtomatik tarzda pul o‘tkaziladi. Bunda uning shaxsi sir saqlanadi”, - deyilgan xabarda.

YHQ buzilishi yuzasidan taqdim etilayotgan videoyozuvlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  1. sodir etilgan huquqbuzarlik holati, transport vositasining rusumi va davlat raqami belgisi, huquqbuzarlik sodir etilgan sana va vaqt aniq aks ettirilishi lozim;
  2. videoyozuvga har qanday tarzda o‘zgartirishlar kiritish taqiqlanadi, bevosita huquqbuzarlik holati aks ettirilgan qismini kesib olish bundan mustasno.
  3. Qoida tariqasida, videoyozuvning davomiyligi 120 sekunddan oshmasligi lozim.
  4. YHQ buzilishi haqidagi arizada quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: fuqaroning F.I.OI,  doimiy yashash manzili, bank hisob raqami, uyali telefon raqami, huquqbuzarlik sodir etilgan joy, sana va vaqt.

Huquqbuzarlik holati haqida xabar bergan shaxsga uni ko‘rib chiqish natijasi yuzasidan 15 kun muddat ichida javob yuboriladi.

Shundan so‘ng, taqdim etilgan materiallar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar holatlari qayd etilgan videoyozuvlarga tenglashtiriladi va MJTKning 17-1, 283, 291, 309-1-moddalariga muvofiq, ular yuzasida quyidagi tartibda ish yuritiladi:

  • ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilmaydi, ma’muriy jarima solish to‘g‘risidagi qaror esa huquqbuzarning ishtirokisiz chiqariladi;
  • jismoniy shaxs – transport vositasining mulkdori yoxud yuridik shaxsning transport vositasidan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsi ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Ularga pochta orqali qaror nusxasi yuboriladi;
  • huquqbuzarlikning takroriyligi hisobga olinmaydi (jarima solish to‘g‘risidagi qaror yuzasidan shikoyat ko‘rib chiqilayotgan hollar bundan mustasno);
  • jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran 60 kun davomida jarima to‘lanishi kerak;
  • agar yuqorida ko‘rsatilgan muddatda jarima to‘lanmagan bo‘lsa, transport vositasi jarima to‘liq to‘languniga qadar ushlab turiladi.

DYHXX ma’muriy amaliyot inspektorlari tomonidan 3 ish kuni mobaynida qarorlar qabul qilinadi.

Ustanovka sistemi ERA-GLONASS v avtomobile  - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan avtomobillari videoregistrator va ERA GLONASS tizimi bilan jihozlanadi

Videoyozuvda aks etgan holat yuzasidan jarimadan boshqa ma’muriy jazo chorasi qo‘llangan hollarda, xabar yuborgan shaxslar Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomda nazarda tutilgan tartibda rag‘batlantiriladi.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklar haqidagi qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portalida joylashtirilgan va muhokamamdan o‘tgan. Shunga asosan Vazirlar Mahkamasi 20.09.2018 yilda «Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 747-son qarorni e’lon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0