O‘zbekiston va Qozog‘iston birgalikda sun’iy yo‘ldosh yaratmoqchi

© Sputnik / Molchanov / Mediabankka o‘tish"Sputnik-1"
Sputnik-1 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligida Yerni zondlash uchun beshta sun’iy yo‘ldosh yaratish ko‘zda tutilmoqda.

TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Qozog‘iston O‘zbekistonga birgalikda sun’iy yo‘ldosh uchirishni taklif qildi deb xabar qilmoqda “Xalq so‘zi”.

Qozog‘iston mudofaa va aerokosmik sanoat vazirligi Xalqaro hamkorlik departamenti boshlig‘i Aslanbek Sirlanov aytishiga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligi doirasida Yerni zondlash uchun beshta sun’iy yo‘ldosh yaratish ko‘zda tutilmoqda. Undan turib bir yo‘la besh metrlik tasvirlarni suratga olish mumkin bo‘ladi.

“Hozir bizning o‘zbekistonlik hamkasblarimiz chet el sun’iy yo‘ldoshlaridan foydalanadi. Shuning uchun ham birgalikda bitta sun’iy yo‘ldosh bunyod etish vaqti keldi”, - dedi Sirlanov.

Mazkur qurilma nafaqat O‘zbekiston va Qozog‘istonga, balki boshqa qo‘shni mamlakatga ham xizmat qilishi mumkin, deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Yerning sun’iy yo‘ldoshi yaratish borasida hamkorlik qilish haqida 2017-yil sentabrida Nursulton Nazarboyevning O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifi vaqtida kelishib olingan.

Yangiliklar lentasi
0