Erkinjon Turdimov amaldorlarga xizmat mashinalarini boshqarishni taʼqiqladi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bundan buyon hokimlik xizmat avtotransport vositalarini faqat biriktirilgan haydovchilar boshqaradi, deb yozadi nashr

TOSHKENT, 25 sen - Sputnik. Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov mansabdor shaxslarga xizmat avtomashinalarini boshqarishi taqiqladi.

Avtomobil pravooxranitelnыx organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Arnasoyda prokuror yordamchisi fuqaroni urib ketdi, yoʻlovchi vafot etdi

"Zarafshon" nashrida eʼlon qilingan xabarga koʻra, joriy yil 22 sentyabrda imzolangan qaroriga koʻra, endilikda viloyat, tuman, shahar hokimliklari mansabdor shaxslarining hokimlik balansida boʻlgan davlat xizmat avtomashinalarini boshqarishi taqiqlanadi.

Hokimliklar xizmat avtomashinalarini haydovchi oʻrniga mansabdor shaxslarning boshqarishi oqibatida turli xil yoʻl-transport hodisalarining sodir etilgani, yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik holatlari shunday qaror qabul qilinishiga sabab boʻlgan.

Bundan buyon hokimlik xizmat avtotransport vositalarini faqat biriktirilgan haydovchilar boshqaradi, deb yozadi nashr.

Yangiliklar lentasi
0