Navoiyda “Toyota” va “Lasetti” to‘qnashuvida 3 kishi halok bo‘ldi

© PixabayZnak avariynoy ostanovki
Znak avariynoy ostanovki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YTHda halok bo‘lganlarning ikki nafari, "Toyota" ichida bo‘lgan Pokiston fuqarolari, bir kishi - O‘zbekisto fuqarosi.

TOShKENT, 26 sen – Sputnik. Navoiy viloyatida “Toyota” va “Lasetti” to‘qnashuvi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati.

Strashnaya avariya na TTZ - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda mudhish YTH sodir bo‘ldi

2018 yil 25-sentabr kuni soat 17:30 lardaNurota tumani hududidan o‘tuvchi 4R-36 “Jizzax-Forish-Qizilcha” avtomobil yo‘lining 40-41 km oralig‘ida “Toyota” rusumli avtomobil boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan “Lasetti” avtomobili bilan to‘qnashub ketgan.

YTH natijasida “Toyota”da bo‘lgan ikki nafar Pokiston fuqarosi hamda “Lasetti” haydovchisi  bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qurbon bo‘lgan. Toyota avtomobilida bo‘lgan yana bir nafar Pokiston fuqarosi jarohat olgan.

Ayni damda jarohatlangan fuqaro Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy viloyati filialiga yotqizilgan. Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0