Payshanba kuni Tojikistondagi MDH sammitida Vladimir Putin ishtirok etadi

© Sputnik / Sergey MamontovRabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Dalnevostochniy federalniy okrug. Den tretiy
Rabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Dalnevostochniy federalniy okrug. Den tretiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Ozarbayjon yetakchisi Ilhom Aliyev bilan uchrashadi, so‘ngra ishchi majlislarda ishtirok etadi

TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin payshanba kuni Tojikiston poytaxtida bo‘lib o‘tadigan MDH sammitiga yetib keladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Shavkat Mirziyoyev spuskayetsya s trapa samoleta v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Dushanbega yo‘l olmoqda

Rossiya yetakchisi press-kotibi Dmitriy Peskovning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Putin dastavval Bokuga uchib keladi, Rossiya-Ozarbayjon mintaqalari forumida ishtirok etadi va Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev bilan uchrashadi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbega 27-28 kunlari ishchi tashrif bilan keladi va sammitda ishtirok etadi.

Sammitning birinchi kunida Tashqi ishlar vazirlari kengashi o‘tkaziladi, so‘ngra MDHga a’zo davlatlar rahbarlari majlisi bo‘lib o‘tadi.

Davlat rahbarlari 2023-yilgacha jinoyatchilikka qarshi kurash choralari bo‘yicha hamkorlikdagi dasturni imzolaydilar.

Yangiliklar lentasi
0