Jamiyat

Oʻzsanoatqurilishbank JCB kartalarini qabul qila boshlaydi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyBankovskiye kartы
Bankovskiye kartы - Sputnik Oʻzbekiston
JCB International – Yaponiya bank kartalari tizimi 1961 yilda yaratilgan boʻlib bugungi kunda u Osiyo hududida keng tarqalgan toʻlov tizimlardan biridir.

TOSHKENT, 26 sen — Sputnik. Oʻzsanoatqurilishbank JCB xalqaro bank kartalarini qabul qilishni boshlaydi, deb xabar qilmoqda “Xalq soʻzi”, bank matbuot xizmatiga asosan.

Xabarda aytilishiga koʻra, “Oʻzsanoatqurilishbank” JCB International Co., bilan Oʻzsanoatqurilishbank tarmoqlari orqali JCB kartalarini qabul qilish boʻyicha litsenziya shartnomasi imzolagan.

“Oʻzsanoatqurilishbank” Oʻzbekiston Respublikasida JCB xalqaro toʻlov tizimining kartalarini qabul qiladigan birinchi bank boʻladi. JCB kartasi egalari “Oʻzsanoatqurilishbank” boʻlimlaridan pul olishlari va Oʻzbekistondagi savdo va xizmat koʻrsatish korxonalari tarmogʻida xaridlarni amalga oshirishlari mumkin boʻladi.

“Janubiy Koreya, Indoneziya, Malayziya, Yaponiya va Singapur davlatlarida JCB kartalari keng tarqalgan. Oʻzbekiston ushbu davlatlar bilan vizasiz rejimni joriy qilganidan soʻng u yerdan keladigan sayyohlar soni oshishi kutilmoqda.

Maʼlumot uchun, JCB toʻlov tizimiga 1961 yilda Yaponiyada asos solingan boʻlib, u yetakchi xalqaro toʻlov tizimlaridan biri hisoblanadi. JCB yirik tarmoqli banklarda qabul qilinsa-da, MDH hududida nisbatan kam tarqalgan hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala