Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston alyumininy  zavodiga tashrif buyurdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey zavoda spetstexniki “Talko-Krantas”
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey zavoda spetstexniki “Talko-Krantas” - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonga “Talko-Krantas” – oʻzbek–tojik qoʻshma korxonasining taqdimoti namoyish etildi.

TOSHKENT, 27 sen – Sputnik. Tojikistonda boʻlib oʻtayotgan safari doirasida Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon hamrohligida “Talko” – Tojikiston alyuminiy kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.   

Maʼlumki, Tojikiston alyuminiy zahiralariga boy mamlakat hisoblanadi. “Talko” Tojikistonning eng yirik korxonalaridan biridir. Dastlab ushbu zavod 1975 yilda qurilgan. 2007 yilda “Tojikiston alyuminiy kompaniyasi” davlat unitar korxonasiga aylantirilgan. Bugungi kunda “Talko” togʻ-kon va kimyo-metallurgiya sohalarida koʻplab korxonalarni birlashtirgan.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey zavoda spetstexniki “Talko-Krantas”
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston alyumininy  zavodiga tashrif buyurdi - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey zavoda spetstexniki “Talko-Krantas”

2018 yilning yil iyul oyida Oʻzbekistonning «Krantas grupp» masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan Tojikiston alyuminiy kompaniyasi hamkorligida «Talko-Krantas» maxsus texnikalar zavodi tashkil etildi. Mazkur qoʻshma korxonada avtokranlar, traktor pritseplari, yarimtirkamalar va boshqa maxsus texnikalar ishlab chiqariladi.

Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlarining ushbu korxonaga boʻlgan tashrifi chogʻida, ikki davlat hamkorligida tashkil qilingan “Talko-Krantas” maxsus texnikalar zavodining taqdimoti boʻlib  oʻtdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey zavoda spetstexniki “Talko-Krantas”
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston alyumininy  zavodiga tashrif buyurdi - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey zavoda spetstexniki “Talko-Krantas”

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala