Siyosat

Shavkat Mirziyoyevni Dushanbeda Emomali Rahmon  kutib oldi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDH davlat rahbarlari Kengashida ishtirok etish uchun, Dushanbega yetib keldi.

TOSHKENT, 27 sen – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDH davlat rahbarlari Kengashida ishtirok etish uchun, Dushanbega yetib keldi, deb xabar qilmoqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati.

Dushanbe xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Emomali Rahmon kutib oldi. Shundan soʻng ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi. 

Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Emomali Raxmona v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Emomali Rahmon va Shavkat Mirziyoyevning tor doiradagi muzokaralari boʻlib oʻtdi

Suhbat davomida Tojikiston rahbari Oʻzbekiston bilan doʻstlik va aka-ukachilik munosabatlariga ustuvorlik berilganini xabar qildi. Emomali Rahmon aytishishga qaraganda, ayni damda Tojkiston va Oʻzbekiston doʻstlik, tadbirkorlik, madaniy va ijtimoiy munosabatlarini rivojlantirishiga hech narsa toʻsqinlik qilmayotganini, bu borada barcha sharoitlar yaratilganini, kerakli qonuniy aktlar qabul qilinganini xabar qildi.

Davlat rahbarlari munosabatlarning hozirgi holatidan qoniqish bildirishdi va ikki xalq manfaatlari yoʻlida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalarni muhokama qilishdi.

Xususan, Zarafshon daryosida ikki kichik GES qurish hamda Tojikistonda "Artel" kompaniyasining filialini ochish va boshqa loyihalar haqida soʻz bordi.  

Eslatib oʻtamiz, 28 sentyabrda Dushanbeda MDH Davlat rahbarlari Kengashi boʻlib oʻtadi.Ushbu munosabat bilan davlat rahbarlari birin ketin Tojikiston poytaxtiga yetib kelishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala