Toshkent qaysi chorrahalarida yangi yo‘l belgilari o‘rnatiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnaya trassa
Avtomobilnaya trassa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi yo‘l belgisi chorrahalarda transport o‘tkazuvchanligini oshirish uchun joriy etilmoqda

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Toshkentda svetoforning qizil chirog‘iga, barcha yo‘l harakati ishtirokchilarini o‘tkazib yuborgan holda o‘ngga burilish huquqini beruvchi yo‘l belgisini o‘rnatish boshlandi, deb xabar qildi poytaxt hokimiyati matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, ushbu yo‘l belgisi chorrahalarda transport o‘tkazuvchanligini oshirish uchun joriy etilmoqda. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, harakat ishtirokchilariga (piyodalarni ham) yo‘l bergan holda svetoforning qizil chirog‘iga ham faqatgina o‘nga burilish mumkin. Lekin, harakat davomida boshqa harakat ishtirokchilariga xavf tug‘dirilmasligi shart.

Bu yo‘l belgisi o‘rnatilgan chorrahalardagi video-kameralar tomonidan svetoforning qizil chirog‘iga boshqa harakat ishtirokchilariga yo‘l bergan holda o‘ngga burilish qoidabuzarlik sifatida qayd etilmaydi.

© Press-slujba xokimiyata g. TashkentZnak, razreshayushiy povorot napravo
Toshkent qaysi chorrahalarida yangi yo‘l belgilari o‘rnatiladi - Sputnik O‘zbekiston
Znak, razreshayushiy povorot napravo

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-maydagi qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” asosida quyidagi chorrahalarda ushbu belgi o‘rnatiladi:

1. Furqat – Islom Karimov chorrahasi
2. Afrosiyob – Beshog‘och ko‘chalari chorrahasi
3. Farobiy – THAY ko‘chalari chorrahasi
4. Sharof Rashidov – Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasi
5. Sharof Rashidov – Navoiy ko‘chalari chorrahasi
6. Navoiy – Amir Temur ko‘chalari chorrahasi
7. Osiyo – Amir Temur ko‘chalari chorrahasi
8. Osiyo – Oqqo‘rg‘on ko‘chalari chorrahasi
9. Mirzo-Ulug‘bek – Parkent ko‘chalari chorrahasi
10. Islom Karimov – Amir Temur ko‘chalari chorrahasi
11. Qatortol – Muqimiy ko‘chalari chorrahasi
12. Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasi
13. Chilonzor – KHAY ko‘chalari chorrahasi
14. Uyg‘ur – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasi
15. Talabalar – Qamarniso ko‘chalari chorrahasi
16. Beruniy – Saqichmon ko‘chalari chorrahasi
17. KHAY – Kichik Beshog‘och ko‘chalari chorrahasi
18. KHAY – Qatortol ko‘chalari chorrahasi
19. KHAY – Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasi
20. KHAY – Beruniy ko‘chalari chorrahasi
21. Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasi
22. Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasi

Yangiliklar lentasi
0