Ostonada O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish masalasi muhokama qilinadi

© WTOShtab-kvartira Vsemirnoy torgovoy organizatsii VTO
Shtab-kvartira Vsemirnoy torgovoy organizatsii VTO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jamshid Xodjayev va Robertu Azevedu O‘zbekiston JST bilan hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Bugun, 28-sentabr kuni Ostona shahrida O‘zbekiston Tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Robertu Azemedu bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Muzokaralar davomida Jamshid Xodjayev va Robertu Azevedu O‘zbekiston JST bilan hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda. Jumaladan O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lishi uchun kerakli hujjatlarni tayyorlash, respublika vakillarining tashkilot tadbirlarida ishtirokini kengaytirish.

Eslatib o‘tamiz, Ostonada “Rivojlanish maqsadida savdo va investitsiyalarni targ‘ib etish: Yevroosiyo nigohi” mavzusida yuqori darajadagi forum o‘tkazilmoqda. Uning maqsadi – investitsiyalarga ko‘maklashish sohasida JSTning yangi qoidalari bo‘yicha muloqotni targ‘ib etish.

© SputnikUzbekistan i VTO
Ostonada O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish masalasi muhokama qilinadi - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekistan i VTO
Yangiliklar lentasi
0