Peskov Putinning O‘zbekistonga safariga tayyorgarlik xususida ma’lumot berdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishress-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov
ress-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya yetakchisining O‘zbekistonga rasmiy safari 18-19 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 28 sen - Sputnik. RF prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga safariga tayyorgarlik yuqori darajada olib borilmoqda, deb xabar bermoqda RIA Novosti Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskovga tayangan holda.

 Vladimir Putin na seremonii ofitsialnogo vstupleniya v doljnost mera Moskvi Sergeya Sobanina v Moskovskom konsertnom zale Zaradye - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya iqtisodiyoti "yorib chiqishi" kerak, deb bayonot qildi Putin

"O‘zbekistonga tashrifga tayyorgarlik haqiqatdan o‘ta yuqori darajada olib borilmoqda. Biz bu haqda tegishli bayonotlarni e’lon qilamiz", - deb ta’kidlagan Peskov jurnalistning joriy yil oktabr oyida mamlakatga amalga oshiriladigan tashrif haqidagi savoliga javoban.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya yetakchisi O‘zbekistonga tashrifi haqida oktabr oyida ShHT sammiti bo‘lib o‘tgan Xitoyning Sindaosida O‘zbekiston prezidenti bilan uchrashuvi vaqtida ma’lum qilgan edi.

Sentabr oyida RF va O‘zbekiston Bosh vazirlari kutilayotgan tashrifning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Sal oldin O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi Mirziyoyev va Putinning uchrashuvi Toshkentda 18-19 oktabr kunlari bo‘lib o‘tishi haqida xabar berdi. Bundan tashqari, muassasa ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya prezidenti rasmiy tashrifi arafasida Rossiya-O‘zbekiston birinchi mintaqalararo hamkorlik forumi o‘tkazilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0