Xavfni boshqarish tizimini yaratdik - bojxona qo‘mitasi raisi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMurodjon Azimov - Predsedatel GTK
Murodjon Azimov - Predsedatel GTK  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bojxona qo‘mita tomonidan 40 ortiq avtomashlashtirilgan axborot tizimlari va 12 ta elektron xizmatlar joriy etilgan.

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Oliy majlis Senatining yalpi majlisida Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Murodjon Azimov bojxona tizimida joriy etilgan zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari haqida axborot berdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.  

Senatorlar faoliyatidan bir kun - Sputnik O‘zbekiston
Rustam Inoyatovdan tortib Quronboyevgacha - Oliy Majlis Senatidan bir kun

“Hozirgi kunda davlat bojxona tizimida  “bojxona posti-hududiy bojxona boshqarmasi-bojxona qo‘mitasi” zanjiri axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan. Bu onlayn, real rejimda amalga oshiriladi. Axborotlarni olamiz, to‘playmiz va tahlil qilinib tizimga joriy qilamiz”, - dedi Murodjon Azimov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda qo‘mitada 40 ortiq avtomashlashtirilgan axborot tizimlari va 12 ta elektron xizmatlar joriy etilgan.

“Hozir hech qanday vazirlik axborot kommunikatsiyalarini rivojlantirmasdan turib faoliyat olib bora olmaydi. Shu nuqtayi nazardan joriy yil o‘tgan 8 oyi davomida bojxona tizimida qo‘shimcha 8 ta yangi axborot tizimlari joriy etildi”, - deb ta’kidladi bojxona qo‘mitasi rahbari.

Murodjon Azimovning so‘zlariga ko‘ra, 1-avgustdan boshlab bitta deklaratsiyani rasmiylashtirish uchun 2 soatdan ortiq vaqt sarflangan bo‘lsa, bu hammasi dasturga kiritilgandan keyin 2-3 daqiqalik vaqtda ta’minlanayapti.

Predsedatel senata Oliy Majlisa Nigmatulla Yuldashev  - Sputnik O‘zbekiston
Nig‘matulla Yo‘ldoshev senatorlarni tashabbus ko‘rsatishmayotgani uchun tanqid qildi

“Shu yil 1-sentabrdan boshlab xavfni boshqarish tizimini yaratdik va bu hozirda sinovdan o‘tapti. 2019-yil 1-yanvardan boshlab to‘laqonli ishga tushiriladi. Bu bojxona xodimlarimizni vaqtini, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining vaqti va mablag‘ini tejashga xizmat qiladi”, - dedi bojxona qo‘mitasi raisi.   

Qo‘mita raisi oxirgi ikki yil davomida qo‘shni davlatlar bilan keskin suratlarda tovar aylanuvi oshganligi, yaqin qo‘shnichilik munosabati bilan fuqarolarimiz qatnovi bir necha barobarga ko‘payganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

"Faqat bojxona xizmati xodimlari sonini ko‘paytirish bilan buni tartibga solish juda qiyin. Shuning uchun ham axborot kommunikatsiya texnologiyalari joriy qilingan holda, birinchi navbatda xavfsizlikni ta’minlagan holda ish jarayonlarimizni amalga oshiramiz. Yil yakuniga qadar temir yo‘l liniyalarda 5 ta inspeksion ko‘rik majmualari o‘rnatishimiz kerak”, - deb qo‘shimcha qildi qo‘mita raisi.

Eslatib o‘tamiz, senatorlar “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonun (yangi tahrirda) ma’qullashdi.

Yangiliklar lentasi
0