Dunyoda

Putin MDH doirasida hamkorlikning ahamiyatini qayd etdi

Peskovga koʻra, Putin oʻz chiqishida qator tashqi salbiy omillarga qaramay, MDH doirasida tovarlar va investitsion oqimlar harakatini soddalashtirish maqsadida erkin savdo zonalari haqidagi kelishuv salohiyatini maksimal darajada ochiqlashtirish kerakligi xususida gapirgan

TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. RF prezidenti Vladimir Putin MDH ishtirokchi-davlatlari rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisi davomida MDHning ahamiyatini hamda hamdoʻstlik mamlakatlarining tashqi maydonlarda, BMTda, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy, gumanitar va huquqni muhofaza qilish sohalarida oʻzaro hamkorligini qayd etdi, deb xabar qildi jurnalistlarga RF prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.

V Dushanbe proshel Vecher drujbы dlya glav stran i rukovoditeley delegatsiy SNG - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Rahmon Mirziyoyev, Putin va boshqa prezidentlarni MDH sammitida nima bilan mehmon qildi

"Tor doirada chiqishida, prezident MDHning ahamiyati va MDH doirasida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy treklarda, shuningdek, huquqni muhofaza qilish sohalarida hamkorlikning muhimligini qayd etdi. Iqtisodiy masalalar haqida gaplashdik. Putin global iqtisodiy konʼyuktura (hozir)da katta muammolar borligini, ammo bu hamdoʻstlik ichidagi tovar aylanmasi joriy yil yanvar-iyun oylarida 15%ga oshishiga toʻsiq boʻlmaganini, hozir oʻzaro tovar aylanmasi 85 milliardga yaqinlashib qolganini aytdi", — dedi Peskov.

Peskovga koʻra, Putin oʻz chiqishida qator tashqi salbiy omillarga qaramay, MDH doirasida tovarlar va investitsion oqimlar harakatini soddalashtirish maqsadida erkin savdo zonalari haqidagi kelishuv salohiyatini maksimal darajada ochiqlashtirish kerakligi xususida gapirgan.

"Prezident oʻz nutqida oʻzaro hisob-kitoblarda milliy valyutadan foydalanish amaliyotini kengaytirish zarurligi, tashqi siyosiy sahnada, Birlashgan Millatlar Tashkilotida harakatlarni muvofiqlashtirish lozimligi haqida gapirdi", — deb taʼkidladi Peskov.

Bundan tashqari, Rossiya rahbari madaniy hamkorlikka urgʻu berib, intellektual mulk toʻgʻrisida gapirgan.

"2019 yilda MDHga raislik qilish Turkmanistonga oʻtadi. Barcha ishtirokchilar, xususan, Putin ham turkmanistonlik hamkasblarga ularning raisligi vaqtida muvaffaqiyatlar tilashdi", - deb qoʻshimcha qildi Peskov.

MDH ishtirokchi-davlatlari rahbarlari kengashi majlisi 28 sentyabr kuni Dushanbe shahrida oʻtkazildi. Unda Ozarbayjon, Belarus, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Moldova, Oʻzbekiston rahbarlari, Armeniston bosh vaziri va Turkmaniston bosh vaziri oʻrinbosari ishtirok etishdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala