Abituriyent DTM xatosini isbotlab berdi va budjetga o‘qishga kirdi

© FacebookSaidazim Siddiqjonov
Saidazim Siddiqjonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish

TOShKENT, 30 sen - Sputnik. Saidazim Siddiqjonov Toshkent tibbiyot akademiyasiga shartnoma asosida qabul qilingan edi, lekin talaba Davlat test markazi bilan “bahslashib”, davlat granti asosida o‘qishga o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda o‘quv markazi o‘zining G‘acebookdagi sahifasida.

Gap shundaki, test jarayonida kimyo fanidan berilgan savollardan biriga umuman to‘g‘ri javob varianti keltirilmagan edi. Saidazim Siddiqjonov DTM mutaxassislariga buni isbotlab berdi va uning umumiy baliga 2,9 ball qo‘shildi.

Saidazim Siddiqjonov davlat granti asosida o‘qishga kirishga 0,9 ball yetmay kontraktga o‘tib qolgan edi. Endi esa, o‘z huquqlari uchun oxirigacha kurashgan talaba, 6-yil davomida davlat granti asosida o‘qiydi. 

Yangiliklar lentasi
0