Indoneziyada tabiiy ofat qurbonlari soni 832 kishiga yetdi

© AFP 2023 / OLA GONDRONKRazrusheniya posle zemletraseniya i sunami v Indonezii
Razrusheniya posle zemletraseniya i sunami v Indonezii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Indoneziyada  yiliga 5-6 ming marotaba, silkinish kuchi 4 balladan kam bo‘lmagan zilzilalar bo‘lib turadi.

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Indoneziyada 28-sentabr kuni sodir bo‘lgan yer qimirlashi va sunami qurbonlari soni 832 nafarga yetdi, deb xabar qilmoqda ushbu mamlakat Favqulodda vaziyatlar oqibatlariga qarshi kurash milliy boshqarmasi.

Juma kuni ertalab Palu shahri yaqinidagi Sulavesi orolida dastlab 6,1 balli, keyin 7,4 balli yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Birozdan so‘ng esa Palu shahriga balandligi 2 metr bo‘lgan sunami yopirildi.

Ushbu tabiiy ofatlar oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 834 kishini tashkil qildi. Undan tashqari minglab odamlar jarohatlangan.

Ma’lumot uchun, Indoneziya Tinch okeani orqali o‘tgan “Olovli halqa”da joylashgan mamlakatdir. Olimlar tektonik to‘qnashuv chizig‘ini shunday deb atashadi. Yer qatlamlarining siljishi va bir-biri bilan to‘qnashuvii aynan ushbu hududga to‘g‘ri keladi. Oqibatida “olavli halqa” ichida tez tez yer qimirlashlari va sunami kabi tabiiy ofatlar tez tez bo‘lib turadi. Xususan, Indoneziyada  yiliga 5-6 ming marotaba, silkinish kuchi 4 balladan kam bo‘lmagan zilzilalar bo‘lib turadi.

Yangiliklar lentasi
0