Oktabrda Toshkentda "Moskva kunlari” bo‘lib o‘tadi

© Press-slujba xokimiyata TashkentaDelegatsiya xokimiyata i predprinimateley Tashkenta zaklyuchayet kontrakti v Moskve
Delegatsiya xokimiyata i predprinimateley Tashkenta zaklyuchayet kontrakti v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar hokimiyati va tadbirkorlari delegatsiyasi Moskvada shartnomalar imzolamoqda.

TOShKENT, 30 sen – Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya poytaxtlari orasida savdo-iqtisodiy va ijtimoiy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash maqsadida, Toshkent shahar hokimiyati va tadbirkorlari vakillaridan  iborat delegatsiya ayni damda Moskvada bo‘lib turibdi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati.

"Tashrif davomida delegatsiya vakillariya Moskvaya meriya va Moskva Hukumatiga tashrif buyurishdi. U yerda yo‘l-transport tizimini boshqarish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida, shuningdek ushbu yilning Oktabr oyida “Toshkentda Moskva kunlari” tadbirini o‘tkazish haqida kelishib olindi", - deyilgan xabarda. 

Tashrif davomida delegatsiya vakillari Moskva Savdo-sanoat palatasi rahbariyati, “Delovaya Rossiya” umumrossiya tadbirkorlar tashkiloti rahbariyati bilan uchrashib hamkorlik haqida kelishib olishdi.

Delegatsiya tarkibida bo‘lgan tadbirkorlar tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish borasida bir qator eksport shartnomalari imzolashdi. Undan tashqari “Energomash-xolding” df “Girs-global” kompaniyalari bilan birgalikda mahsulot ishlab chiqarishga kelishib olindi.

Yangiliklar lentasi
0