Aznavur O‘zbekistonda yana qo‘shiq kuylashni orzu qilgan, afsuski, amalga oshmadi

© Sputnik / Aleksey KudenkoKonsert Sharlya Aznavura
Konsert Sharlya Aznavura - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yil may oyida Sharl Aznavur bilan Toshkentda gastrol bilan kutishgandi. Biroq qo‘shiqchi yiqilib, chap qulini jiddiy jarohatlagandi. Shu sabab tashrif qoldirildi.

TOShKENT, 1 okt - Sputnik. Bahor mavsumida Aznavur sog‘lig‘i yomonlashganligi haqida xabar berilgandi.

Taniqli qo‘shiqchini O‘zbekiston, Peterburg va Yaponiyada konsert bilan kutishgandi. Ammo ular bekor qilindi.

Konsert Sharlya Aznavura - Sputnik O‘zbekiston
20 asrning eng yaxshi estrada xonandasi - Sharl Aznavur vafot etdi

Nihoyatda sentabrda u Yaponiyaga borib, muxlislarga konsert beradi. Ammo O‘zbekiston gastrollariga qo‘shiqchida kuch qolmadi.

Sharl Aznavur Fransiya janubida 30-sentabrdan 1-oktabrga o‘tar kechasida 94 yoshida vafot etdi.

2005 yilda taniqli qo‘shiqchi Samarqandda “Sharq taronalari” festivalida ishtirok etgandi.

Aznavur bu shaharda bo‘lish bolalik orzusi ushalganligini tan oldi.

“Sharqning sirli va takrorlanmas javohiri – O‘zbekiston va uning go‘zal va afsonaviy Samarqand haqida 12 yoshimda taniqli fransuz dramaturgining “Samarqandga boraylik” pyesasidan bilib olganman”, - degandi Aznavur.

Men uni o‘qiganimda, menda shu qadimiy shaharni kurish orzusi paydo bo‘ldi, deya tan oladi bastakor.

“Bugun bolalik orzuim ushaldi – men Samarqandda. Buxoroni tomosha qilish baxtiga muyassar bo‘ldim. Katta qiziqish va hayajon bilan men ushbu serhosil mamlakat bilan tanishdim, qadimiy shaharlaringizni ko‘rib chiqdim. Ular Sharqning betakror va noyob madaniyati va san’ati bilan ajratilib turadi. Ular ming yillik tarixga ega bo‘lib, butun dunyo e’tiborini o‘ziga jalb qiladi”, - deb alohida ta’kidlaydi Sharl Aznavur.

Yangiliklar lentasi
0