Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

© Foto: press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkata Mirziyoyeva ofitsialno privetstvovali glava i premyer Indii
Shavkata Mirziyoyeva ofitsialno privetstvovali glava i premyer Indii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nyu-Delidai “Rashtrapati Bxavan” saroyida Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 1 okt – Sputnik. Bugun Hindiston prezidentining “Rashtrapati Bxavan” saroyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Rasmiy marosimda O‘zbekiston prezidentini Hindiston Respublikasi prezidenti Ram Nath Kovind va bosh vazir Narendra Modi kutib olishdi.

© Foto: press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston prezidentining rasmiy qabul marosimi
Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidentining rasmiy qabul marosimi

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Prezidentimiz shohsupaga ko‘tarildi. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.

Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev shu yerda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun qisqacha bayonot berdi. O‘zbekiston prezidenti Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga taklif uchun minnatdorlik bildirib, xalqlarimizni tarixiy rishtalar, o‘xshash an’analar bog‘lab turishini ta’kidladi.

© Press-slujbaO‘zbekiston prezidentining rasmiy qabul marosimi
Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidentining rasmiy qabul marosimi

“Hindiston bugungi kunda jadal rivojlanib, jahon iqtisodiyotidagi o‘rnini mustahkamlab borayotgan global  davlat. Biz oliy darajadagi uchrashuvlarimiz natijasida faollashib borayotgan O‘zbekiston va Hindiston munosabatlarining bugungi sur’atini yuqori baholaymiz. Ishonchim komilki, ushbu tashrifim va samarali muzokaralarimiz strategik sherikligimizni yangi bosqichga olib chiqadi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga davlat tashrifi 30-sentabr va 1-oktabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Kecha O‘zbekiston  prezidenti Agra shahridagi To Mahal majmuasiga tashrif buyurgan va hindistonlik ishbilarmonlar bilan uchrashgan edi.

© Press-slujba O‘zbekiston prezidentining rasmiy qabul marosimi
Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidentining rasmiy qabul marosimi
Yangiliklar lentasi
0