O‘zbekiston delegatsiyasi Maxatma Gandi xotirasiga hurmat bajo keltirdi

© Press-slujbaShavkat Mirziyoyev pochtil pamat Maxatma Gandi
Shavkat Mirziyoyev pochtil pamat Maxatma Gandi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Maxatma Gandi xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

TOShKENT, 1 okt – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi Hindiston milliy qahramoni Mahatma  Gandi xotirasiga hurmat bajo keltirishdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, delegatsiya a’zolari Nyu-Dehli shahridagi “Raj Gxat” yodgorligiga tashrif buyurib, Mahatma Gandi xotirasiga yoqilgan mangu olov yoniga gulchambar qo‘ydi. Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirishdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston delegatsiyasi Mahatma Gandi xotirasiga hurmat bajo keltirmoqda
O‘zbekiston delegatsiyasi Maxatma Gandi xotirasiga hurmat bajo keltirdi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston delegatsiyasi Mahatma Gandi xotirasiga hurmat bajo keltirmoqda

Mahatma Gandi (1869 – 1948) – Hindiston xalqini Britaniya koloniyasidan ozod qilish uchun kurashga boshchilik qilgan siyosiy va jamoat arbobi. Mahatma - "Buyuk ko‘ngil" yoki "Buyuk dil" ma’nosini anglatadi. 

Gandi Hindiston mustaqilligi uchun kurashda kuch ishlatmasdan, zo‘ravonlik va qurbonlarsiz g‘alabaga erishga muvaffaq bo‘lgan milliy qahramondir. 

Xususan, Gandi chaqirig‘iga binoan hindistonliklar, qurolli qarshilik ko‘rsatmasdan, Britaniya mahsulotlarini sotib olishdan, britaniyaliklar chiqargan qonunlarga bo‘y so‘nishdan bosh tortishgan va oxir oqibat Britaniya kolonizatorlari Hindistonni tark etishga majbur bo‘lgan. 

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMahatma Gandi yozib qoldirgan "Dunyoning yetti gunohi"
O‘zbekiston delegatsiyasi Maxatma Gandi xotirasiga hurmat bajo keltirdi - Sputnik O‘zbekiston
Mahatma Gandi yozib qoldirgan "Dunyoning yetti gunohi"

Mahatma Gandining o‘limi oldidan o‘z nabirasiga bergan “Dunyoning yetti gunohi” ro‘yxati quyidagilardan iborat:

  • Nuqtayi nazarsiz siyosat
  • Mehnatsiz boylik
  • Vijdonsiz lazzat
  • Irodasiz bilim
  • Axloqsiz tijorat
  • Muruvvatsiz fan
  • Qurbonliksiz ibodat
Yangiliklar lentasi
0