Dunyoda

Lukashenko tunda alkogol sotish cheklovini bekor qilish boʻyicha buyruq berdi

© Sputnik / Aleksey NikolskiyPrezident Belorussii Aleksandr Lukashenko
Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko  - Sputnik Oʻzbekiston
Bundan avval Minsk shahar ijroiya qoʻmitasi 2018 yil 1 oktyabrdan bir yil muddatga tunda alkogol, piva, tarkibida alkogol kam boʻlgan ichimliklar sotishni man etish cheklovlarini joriy etgandi.

TOSHKENT, 2 okt - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bir sutka ichida soat 23-00 dan 7-00 gacha spirtli ichimliklarni sotishni man etish boʻyicha cheklovlarni bekor qilish toʻgʻrisida topshiriq berdi.

Tashkentskoye more ili prityagatelnыy Charvak - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Lukashenko Mirziyoyevning Tyan-Shan togʻlari etagidagi shaxsiy qarorgohiga tashrif buyurdi

Bu cheklovlar tajriba tariqasida Minskda va tumanlarda 1 oktyabrdan joriy etilgandi.

Bundan avval Minsk shahar ijroiya qoʻmitasi 2018 yil 1 oktyabrdan bir yil muddatga tunda alkogol, piva, tarkibida alkogol kam boʻlgan ichimliklar sotishni man etish cheklovlarini joriy etgandi. Xususan, rejaga koʻra, tunda alkogol ichimliklarni chakana savdosini faqat umumiy ovqatlanish joylarida mumkin edi.

Shahar hukumati bu qarorni “sogʻlom turmush tarzini targʻibot qilish, ichkilikbozlikka qarshi kurash” deya tushuntirish berdi.

“Prezident, unga taqdim etilgan maʼlumotlar bilan tanishib chiqib, bu uylanmagan qarorni bir sutka ichida bekor qilish haqida topshiriq berdi”, - deyilgan administratsiya bayonotida.

Bayonotda aytilishicha, “ichkilikbozlik bilan bunday bir tomonlama taqiqlar bilan kurashish kerak emas. Ular amalda kutilgan ijobiy natijalar oʻrniga, yashirin savdo va jinoyatilik sohasini rivojlanishi, shu jumladan kontrafakt mahsulotlar koʻpaytiradi”.

Shu bilan birga,  talab har doim taklifni topadi.

V Uzekspotsentre otkrыlas vыstavka produktsii belorusskogo proizvodstva.  Vыstavku posetili Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyov i Prezident Respubliki Belarus Aleksandr Lukashenko - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish sari: Mirziyoyev va Lukashenko koʻrgazmaga tashrif buyurdi

“Taksischilar tomonidan pol ostidan yashirin sotishi, har qanday tarkibida spirt boʻlgan ichimliklar isteʼmol qilinishi koʻpayishiga olib kelib, bu savdo sharoitida kontrafakt muammosini nazorat qilish mumkin emas... Natijada huquqbuzarliklar koʻpayishi va alkogol ichimliklardan zaharlanish holatlari koʻpayadi. Bu sogʻliqni saqlash tizimi va davlat byudjetiga qoʻshimcha ogʻirlik boʻlib tushadi. Bularning hammasi shu kabi cheklovlar natijasida boʻladi”, - deb tushuntirishdi prezident administratsiyasida.

Mavjud muammoni hal qilish uchun keng qamrovli profilaktika choralar, birinchi navbatda tarbiyaviy va sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga qaratilishi kerakligi taʼkidlandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala