Utilizatsiyaga topshiriladigan avtomobil uchun imtiyozli kreditlar ajratish yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishUtilizatsiya avtomobiley
Utilizatsiya avtomobiley  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan avtomototransport vositalarining yagona elektron bazasini 2019-yil 1-yanvarga qadar shakllantiradi.

TOShKENT, 2 okt - Sputnik. Utilizatsiyaga topshiriladigan avtomobil uchun imtiyozli kreditlar ajratish yo‘lga qo‘yiladi.

Moyka koles - Sputnik O‘zbekiston
Avtomobil yuvish shoxobchalari uchun suv solig‘i ko‘tarildi

Bu masala “Foydalanishga yaroqsizligi aniqlangan avtomototransport vositalarini utilizatsiya va qismlarini realizatsiya qilishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qaror loyihasida alohida band sifatida ko‘rsatilgan.

Xususan “Asaka” aksiyadorlik-tijorat bankiga Moliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan kelishgan holda utilizatsiyaga topshiriladigan avtomototransport vositalari egalari uchun imtiyozli kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya qilingan.

Shuningdek, utilizatsiyaga topshiriladigan avtomototransport vositalarini hududlarda qabul qilish tartibi yuzasidan asoslantirilgan taklif kirish nazarda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0