"Homiylar juda zarur": XTV maktab xayriya fondini ishga tushirdi

Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, tizim to‘liq shaffof. Fond ishining oshkoraligini ta’minlash maqsadida muntazam ravishda olingan mablag‘lar va ulardan qanday foydalanilgani haqida ma’lumotlar berib boriladi

TOShKENT, 2 okt - Sputnik. Joriy yil 29-sentabr kuni O‘zbekistonda ilk bor "Kraudfanding" (xalq tomonidan moliyalash) platformasi ishga tushirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan xayriya jamg‘armasi maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun qo‘shimcha pul to‘plash hamda nogiron va kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun qo‘llab-quvvatlash va iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirish uchun sarflanadi.

Filial shkoli v Chirakchinskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Xalq ta’limi vazirligi xususiy maktablar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

"O‘zbekistonda bugungi kunda 10 mingga yaqin maktab faoliyat yuritmoqda, ularning 60 foizini moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishi kerak. O‘zbekistondagi maktablarning faqat 37 foizi kompyuter sinfiga ega bo‘lib, ularning 7 foizi Internet tarmog‘iga ulangan. Hukumatimiz tomonidan maktablarning infratuzilmasini yaxshilash uchun mablag‘lar ajratilmoqda. Ammo qisqa vaqt ichida belgilangan maqsadlarga erishish uchun homiylarni jalb qilish lozim bo‘ladi", - deb izoh bergan loyiha rahbari Rustam Karimjonov.

Ta’kidlanishicha. tizim to‘liq shaffof. Fondning ishini to‘liq oshkoraligini ta’minlash maqsadida muntazam ravishda olingan mablag‘lar va ulardan qanday foydalanilgani haqida ma’lumotlar berib boriladi.

Karimjonov barcha o‘zbekistonliklarni shu yurt farzandlari ta’lim olishiga va ular uchun yorqin kelajak yaratishga o‘z hissalarini qo‘shishda befarq bo‘lmaslikka chaqirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0